Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar masalasiga bağişlangan videoselektorda Farğona viloyati rahbari Xayrullo Bozorovni boşqa viloyatlar rahbarlariga örnak qilib körsatdi.
«Mana, Farğona viloyati hokimi aytsin, birorta tuman hokimining 50 foiz vaqti paxtaga sarflanyaptimi? Qişloq xöjaligidan ozod qilingan ekan, nega yoşlar masalasi bilan şuğullaniş ölda-jölda bölyapti?
Nima uçun Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hokimlari Farğonaga öxşab, yoşlar masalasida berilgan topşiriqlar böyiça aniq natija va taşabbuslar körsatmadi?
Viloyat hokimlari ön kun muddatda tuman va şahar kesimida yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş va bandligini ta'minlaş grafiklarini tasdiqlab, yangi-yangi taşabbuslarni amalga oşirsin», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan taşqari, Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Aziz Voitov va Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari Adiz Boboyev viloyat hokimlari bilan birga, joriy yil 1 iyuniga qadar hududlarda 77ta «yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalari»ni işga tuşirişga şaxsan mas'ul ekani qayd etildi.
«Bugungi kunda yoşlarning tadbirkorlikka qiziqişlari katta bölgani bilan, ular kerakli könikmalarga ega emas.
Şuning uçun, yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş, ularni biznesdagi risklarga örgatiş zarur.
Bu yönalişda ayni paytda tadbirkor aka-uka Mamasaidovlar 480 ming nafar yoşlarga tadbirkorlik könikmalarini maxsus onlayn dastur orqali bepul örgatmoqda. Men Hasan-Husan ukalarimizdan minnatdorman», – dedi davlat rahbari.
Sözga çiqqan tadbirkor Hasan Mamasaidov öz tajribasi bilan örtoqlaşarkan, «Qimmatga tuşgan xatolar» mavzusida dasturlar tayyorlaş niyatida ekanligini bildirdi va xato qilganlar öz boşidan keçirganlarini aytib berişlarini bildirdi.












