«Bugungi kunda respublika böyiça 120ta IT-markazini 4 mingga yaqin «yoşlar daftari»ga kirganlar tamomlagan. Bunday yoşlar kelgusida biznes boşlaşi uçun kompyuterlar bilan ta'minlab beriş zarur.

Buning uçun, «bir million dasturçi» loyihasi doirasida sertifikat olgan yoşlarga kompyuterlar xaridi uçun «Mikrokreditbank», «Aloqabank» va «Xalq banki» kreditlar ajratadi, ularning foiz xarajatlari töliq budjetdan qoplab beriladi. Ya'ni kredit foizsiz beriladi.

Şuningdek, 1 iyundan boşlab «yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga haydovçilik guvohnomasini oliş, bir oylik harbiy xizmatni ötaş xarajatlari budjetdan tölab beriladi», deya davlat rahbarining sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, «yoşlar daftari»ga kirganlarga, qiziqişidan kelib çiqib, xorijiy tillar va umumta'lim fanlari böyiça nodavlat ta'lim taşkilotlarida öqiş xarajatining bir qismi qoplanadi.

Şu bilan birga, 1 iyuldan boşlab xususiy korxonalarda yangi iş boşlagan xodimlarni qayta tayyorlaş xarajatining 1 million sömgaça bölgan qismiga subsidiya beriladi.

Bundan taşqari, yoşlarning professional ta'lim maktablari, texnikumlarda öqişi uçun tölanadigan kontrakt summasi daromad soliğidan ozod qilinadi.

Uşbu maqsadlar uçun Moliya vaziri Timur Işmetov Yoşlar agentligiga yil davomida qöşimça 100 milliard söm ajratişi böyiça topşiriq berildi.