Qarşi şahar Qörğonça mahalla Hurriyat köçasida yaşovçi fuqarolar Kun.uz'ga murojaat yöllaşdi. Unda yozilişiça, 2019-2020 yillarda köça asfalt qiliş davlat dasturiga kiritilgan. Biroq ikki yil içida ham iş bajarilmagan.

Kun.uz muxbiri holatni örganiş uçun bordi. Ma'lum bölişiça, Hurriyat köçasi «Infratuzilmani rivojlantiriş böyiça Qarşi şahrining 2020 yilda Investitsiya dasturiga kiritilişi lozim bölgan içki yöllari töğrisida» qöşimça manzilli dasturga kiritilgan. Dastur Qarşi şahar hokimi N.Xolboyev tomonidan tasdiqlangan.

«Bu köçaga köçib kelganimizga 30 yil böldi. Şunça yillar davomida biror marta asfalt qilinmagan. Gaz, elektr bor. Ötgan yili asfltlaş dasturga kiritilgan ekan, lekin qilinmadi. «Milliy», «MY5», «Qashqadaryo» televideniyalarida ham yoritildi. Lekin natija yöq. Yuqori taşkilotlarga murojaat qilyapmiz, heç kim e'tibor qilmayapti. Ötgan yili dekabr oyida şahar hokimiyatidan Ğayrat Sultonov ismli mas'ul keldi. Yerlar quriganidan asfalt yuboraman, erkakça «gurung», deb ketdi. Yerlar quriganda esa yana yöq. Yaqinda xat bilan murojaat qilsak, 2021-2022 yilgi dasturga taklif berilgan deb javob yozdi», - deydi Rauf Nurillayev.

Rauf Nurillayev

«Köçamizni asfalt qiliş 2020 yilda dasturga kiritilgandi. Nima sabab böldi, balkim pandemiya tufaylidir qilinmay qolib ketdi. Boşqa dasturga kiritilgan-kiritilmagan köçalar asfaltlandi. Biz hokimiyatga murojaat qilsak, 2021 yilgi dasturda yöqligini aytişmoqda», - deydi Salima Ergaşeva.

Salima Ergaşeva

«Hurriyat köçasi 2019-2020 yilda dasturga kiritilgandi, lekin bajarilmadi. Yonimizdagi Zarband köçasi ikki yil avval asfaltlangan, lekin bu yil yana dasturga kiritilgan. Nega bir köça ikki marta dasturda? Bizning köça esa hamon dastur ijrosini kutmoqda» - deydi Fayzulla Hasanov.

Fayzulla Hasanov

Uşbu holat böyiça Qarşi şahar hokimi örinbosari Ğayrat Sultonov bilan boğlandik:
«Pandemiya tufayli uşbu köça asfaltlanmay qoldi. Bu yilgi dasturga 700 metr joyni taklif berganmiz. Dasturga kiritilsa, bajaramiz. Hozir heç qanday hujjat taqdim etolmaymiz», - deydi Ğ.Sultonov.