Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank: yanvar-mart oylarida kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,42 milliard dollarni tashkil etmoqda
Joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarining hajmi 31 foizga oshgan.
Markaziy bank 2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarining hajmi haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan uch oy davomida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan qariyb 1,42 milliard dollar mablag‘ yuborilgan va pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 million dollarga yoki 31 foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 353 million dollarga yetgan.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,06 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Bundan avval, yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 892 million dollar pul jo‘natilgani, xorijga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari esa 215 million dollarga yetgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Markaziy bank 2020 yilda mamlakatga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshganini ma'lum qilgan
Mavzuga oid
18:43 / 23.12.2025
Tadbirkorlarga ishlab chiqarish quvvatini oshirishga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
20:36 / 19.12.2025
Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
16:37 / 11.12.2025