Bir paytlar uşbu stadionda Töraqörğonning «Baxt» futbol jamoasi öynagan. Klub Özbekiston çempionati birinçi ligasida öynab, 3-örinni egallagan. Lekin mablağ yetişmovçiligi sababli bu jamoa tarqalib ketgan.

Şundan söng bu yerda bolalar va ösmirlar futbol maktabi taşkil qilingan va 4ta maxsus futbol sinfi oçilgan. Bu maktab özbek futboli uçun yetuk öyinçilarni tarbiyalab bergan. Qisqa qilib aytganda, Töraqörğon tumani öz vaqtida Özbekistonning «Kiçik Braziliyasi» deya e'tirof etilgan.

Töraqörğon bolalar va ösmirlar sport maktabi rahbari Xolmatjon Karimovning aytişiça, Namanganning «Navbahor» futbol klubi şu öyingohda maşğulotlar ötkazib turgan. Mazkur dargoh «Navbahor» jamoasi öyinçilari uçun ikkinçi baza sifatida faoliyatini davom ettirişi rejalangan edi va 2018 yilda esa «navbahorçilar» uçun maşğulot ötkazişga moslaş maqsadida binodagi faoliyat yuritib turgan va yaroqli holatda bölgan kiyim almaştiriş xonasi, oşxona, duş va saunalar buzib yuborilgan. Lekin uç yil ötsa hamki, qayta ta'mirlaş işlari boşlanmayapti.

«Bolalar 2–3 yildan buyon taşqarida kiyim almaştirişga majbur bölyapti. Qiş kunlarida esa ilojsiz xonalarda kiyinişadi. Lekin qişda xonalar ham sovuq, çunki buziliş jarayonida gaz ham uzib ketilgan. Bino zamonaviy körinişga keltirilişi va bu yerda qaytadan yana yoşlar maxsus sinflari taşkil etilişini istardik», — deydi murabbiy Odiljon Sotiboldiyev.

Uşbu masala böyiça maktab ma'muriyati tegişli joylarga bir neça bor murojaat qilgan, lekin natijasidan darak yöq.

Biz ham daxldor taşkilotlardan izoh olişga urindik, lekin murojaat böyiça aniq munosabat bildiradigan mas'ullar topilmadi.

Öylaymizki, yurtimizda sportni qöllab-quvvatlaş va rivojlantirişga katta e'tibor qaratilayotgan bir paytda uşbu masala namanganlik mutasaddilarni befarq qoldirmaydi.