Unda Adliya vazirligi, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz, «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti hamda boşqa mutasaddi taşkilotlardan mas'ul vakillar, şuningdek, OAV vakillari iştirok etdi. Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oşiriş markazi «Xalqaro huquq va inson huquqlari» kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori Lola Saidova OAVda berilayotgan media mahsulotlarda gender diskriminatsiyasi va bu holatning yeçimlari böyiça fikr bildirdi.

«OAVning eng muhim vazifasi bu olingan axborotni haqqoniy, töğri, özgartirmasdan, özining ideologik, ğoyaviy asoslarini qöşmasdan taqdim etişdir. OAV orqali beriladigan mahsulotlar millat qadriyatiga töğri kelmaydigan holatlarda titrda «Quyidagi videomahsulotda körsatilayotgan voqelik milliy qadriyatlarimizga putur yetkazişi mumkin», deb ogohlantirib qöyiş kerak. Tovar mahsulotlari böyiça bu tajriba amaliyotda bor va bunga heç kim qarşi emas.

Erkin jamiyat qaçon rivojlanadi? Odamlarga oqni qoradan ajratişi uçun ham imkoniyat yaratib berilsa. Bu esa ma'naviyatimizga töğri kelmaydigan ğoyalarni OAV orqali singdiriş kerak, degani emas. Masalan, turk seriallarida ayollarning oçiq kiyingan sahnalari bor. Bizga töğri kelmagani uçun şu sahnalar xiralaştirib qöyilyapti va buni töğri tuşunyapmiz.

Yuqoridan qançalik tarğibot qilinmasin, nimani qabul qiliş har kimning öziga boğliq. Qandaydir ğoyalarni singdirişga qarşi kuraşni davlat teleradiokanali orqali qiliş notöğri. Buni lokal holatda qiliş mumkin.

Oddiy taglik reklamasida ham gender diskriminatsiyasi oçiq körsatib berilgan. 3-4 yoşli bolakay özi tengi qizga tuğilgan kuniga taglik sovğa qiladi. Bunda ikkala jins örtasida diskriminatsiya ketyapti. Masalaga çuqur yondaşilsa, ikkalasi ham teng huquqli. Qöpol qilib aytganda, bolakay qizga uning taglikka köproq muhtojligini pisanda qilayotgani tarğib qilinyapti. Rivojlaniş bosqiçida bölgan bolalar ongiga notenglik singdirilyapti. Umumiy qilib aytganda, xotin-qizlarni kamsitiş holatlari tölib-toşgan jamiyatda yaşayapmiz. Televideniye buning tarğibotida yetakçi bölib turibdi», – deydi Lola Saidova.