Jizzax shahridagi viloyat perinatal markaziga xotinini ko‘rgani borgan fuqaroni shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi shaxs urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 mart kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs Jizzax shahridagi viloyat perinatal markazida davolanayotgan xotinini ko‘rgani borgan. Shu joyda fuqaro markaz qorovuli bilan janjallashib qolgan. Qorovul uning yuz va ko‘z qismiga urib, og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Qayd etilishicha, sud-tibbiy ekspertizasi jabrlanuvchiga sog‘ligi buzilishiga olib kelgan og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan deb topgan. Jabrlanuvchi viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida muolaja olishiga qaramasdan, uning lat yegan ko‘zini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ta'kidlanishicha, Jizzax shahar IIB tomonidan mushtumzo‘r qorovulga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzaxda chiqindi tashuvchi mashinaning gaz balloni portladi. Ikki kishi og‘ir jarohatlandi

Jizzaxda qoidabuzar haydovchi piyodalar yo‘lakchasi ustida yosh bolani urib yubordi