Farğona viloyatida hududiy investitsiya dasturi doirasida 2021 yil yakuniga qadar 12,1 trln söm qiymatidagi 893 ta loyiha amalga oşiriladi, 22 ming doimiy iş örni yaratiladi.

Farğona şahrida Xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. Unda Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatda tadbirkorlikni rivojlantiriş, qöşimça iş örinlari yaratiş va budjetga tuşumlarni köpaytiriş böyiça birinçi yarim yillikda amalga oşiriladigan işlar yuzasidan viloyat kengaşi deputatlariga murojaat yölladi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, viloyatning hududiy investitsiya dasturi doirasida 2021 yilda 12,1 trln sömlik 893 ta loyiha amalga oşiriladi. Natijada joriy yil yakuniga qadar Farğona viloyatida 22 ming nafar fuqaro uçun yangi iş örinlari yaratiladi.

Şuningdek, bugungi kunga qadar, viloyatda umumiy qiymati 806,5 mlrd söm bölgan, 122 ta loyiha işga tuşirilib, 1,8 mingta yangi iş örni taşkil etilgani ma'lum qilindi.

«Bu borada, joriy yil yakuniga qadar qiymati 11,3 trln söm bölgan 771 ta loyiha işga tuşirilişi evaziga 20 mingta yangi iş örni yaratiladi», deya Xayrullo Bozorov nutqidan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.