– Prezident tomonidan imzolangan qarorga köra, Jasliqdagi koloniya allaqaçon yopilişi, uning örnida qamoqxona bölmasligi aytilgan edi. Lekin keyingi xabarlarga köra, uşbu muassasa töliq yopilmagan va bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinyapti. Balki bu yerda umrbod ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar saqlanayotgan ekan. Ammo IIV bu borada sukut saqlamoqda, rasman bayonot bergani yöq.

– Bu masala bir neça yillar davomida muammolarni yaşirişga örganib qolganimiz bilan boğliq. Muammoni kömib qöyganingiz bilan u tuproq tagida yanada niş otib ketadi. Şubhasiz, prezidentimiz taşabbusi bilan Jasliq yopilişi juda katta hodisa bölgandi. Lekin masalaning ikkinçi tomoniga e’tibor beriş kerak.

Prezident tez orada yopamiz, dedi, lekin mavjud şaroit bunga tayyor emasdi. Çunki Jasliqda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlar bor edi. Ularni töğri kelgan qamoqxonaga köçirib bölmasdi, çunki bunday mahkumlar uçun şaroitlar sal boşqaçaroq bölişi kerak. Bu borada dunyo standartlari boşqaça. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar alohida zonada saqlanişi kerak. Prezident Jasliq yopilişini e’lon qilgan vaqtda bu zonalar hali tayyor emasdi.

Prezidentga hammasi hal böldi, muammo bölmaydi, deb hisobot berilgan bölişi mumkin. Lekin u yerda saqlanayotgan mahbuslarning qarindoşlari bor, ular doim uçraşuvlarda böladi. Bir neça mahbuslarning yaqinlari bizga murojaat qildi. Jasliq hali töliq yopilmaganini, u yerda yuzga yaqin umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlar saqlanayotgani haqidagi xabarni çiqarişga şoşilganimiz yöq, suriştirdik, söradik.

Jazoni ijro etiş tizimiga yaqin manbalarimiz orqali Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, öta oğir jinoyatlarni sodir etgan şaxslarni saqlaş böyiça dunyo standartlariga mos keluvçi zamonaviy qamoqxona qurilayotgani haqida ma’lumotlar oldik. Şu qamoqxona bitsa, hozir Jasliqda olib qolingan mahkumlar u yerga köçirilarkan. Bu – normal holat. Lekin buni yaşirib ötiriş yoki bundan qandaydir uyat his qiliş, “öşa paytda yopildi deb qöygandik, töliq yopilmagani oşkor bölsa, yolğonçiga çiqib qolamiz”, deb hadiksiraş notöğri.