Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga taşrifi davomida Namangan şahar hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida Yangi Namangan tumanini taşkil etiş taklifini kiritgan edi.
Uşbu taklif xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi hamda Namangan viloyati kengaşining qarorlari bilan ma'qullangan.
Qabul qilingan qarorga muvofiq, Namangan şahrida joylaşgan 79ta mahalladan 24tasi, 70ta maktabgaça ta'lim muassasasidan 40tasi, 85ta umumta'lim maktabidan 21tasi, 6ta oilaviy poliklinikadan 2tasi va 52ta kasalxonaning 12tasi Yangi Namangan tumani tarkibiga ötkazilmoqda.
Yangi tuman hududida 16ta sanoat korxonalari va 4ta kiçik sanoat zonasi barpo etiladi. Taşkil etilayotgan kiçik sanoat zonalarida 245 mlrd sömlik 62ta loyihada 2600ta yangi iş örni yaratiş belgilanmoqda.
Namangan şahrining “Mingterak”, “Bunyodkor”, “Mustaqillikning 5 yilligi”, “Axsikent”, “Maşrab”, “Ma'naviyat”, “Furqat”, “Guliston”, “Beruniy”, “Mingçinor”, “Tinçlik”, “Yoşlik”, “Oromgoh”, “Atangan guzar”, “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Sihatgoh”, “Gözal”, “Çamanzor”, “Işonç”, “Şerbuloq”, “Kelajak tongi”, “Sohil” va “Istiqbol” mahalla fuqarolar yiğinlarining hududlari Yangi Namangan tumani tarkibiga ötkaziladi.











