Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 7 yoşli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 68 yoşli erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Avvalroq, gumondor I.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 129-moddasi 1-qismi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, bu 2 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 2 yildan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişni nazarda tutar edi.
Biroq, dastlabki tergov natijasida I.B. qilmişi Jinoyat Kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan qayta malakalangan. 1 may kuni erkak protsessual tartibda uşlanib, qamoqqa olingan. Endi erkakka 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tahdid qilmoqda.
Jinoyat işi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.












