Milliy teatr va kino san'atimizning taniqli namoyandasi, Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov oğir kasallikdan söng şu yil 15 aprel kuni 58 yoşida vafot etdi.
Mirza Azizov 1963 yili Namangan viloyatining Çust şahrida tuğilgan. 1987 yili Toşkent teatr va rassomlik san'ati instituti (hozirgi Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti)ni musiqali drama aktyori ixtisosligi böyiça tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1989 yilda Muqimiy nomidagi özbek davlat musiqiy teatrida vokal artisti sifatida boşlab, 1992-1997 yillar davomida Özbek davlat drama teatrida ham samarali ijod qildi.
Mirza Azizov köp yillik serqirra ijodiy faoliyati mobaynida noyob iste'dodi va yuksak mahorati bilan teatr sahnasi va kino san'atida tomoşabinlar qalbidan çuqur joy olgan önlab yorqin obrazlar yaratdi.
Iste'dodli aktyor “Yusuf va Zulayho”, “Farhod va Şirin”, “Nodirabegim”, “Alpomişning qaytişi”, “Toptalgan tuyğu” kabi maşhur spektakllarda, “Köngil köçalari”, “Ostona”, “Imom Buxoriy”, “Muhabbat sinovlari”, “Tubanlik”, “Muruvvat”, “Gumrohlar”, “Novda” kabi köplab kinofilmlarda betakror xarakter va dunyoqaraşga ega bölgan turli şaxslar siymosini mohirona talqin etib, minglab san'at muxlislari va keng jamoatçilikning hurmat-e'tiborini qozondi.
Öz faoliyatining ma'no-mazmunini xalqimizga, jonajon Vatanimizga sidqidildan xizmat qilişda, deb bilgan san'at fidoyisi mamlakatimizda ötkazib kelinayotgan barça ommaviy-madaniy tadbirlarning faol iştirokçisi edi.
U 2016 yildan boşlab Muqimiy nomidagi özbek davlat musiqiy teatri direktori lavozimida samarali mehnat qilib, 80 yillik şonli tarixga ega uşbu san'at dargohining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, repertuar tarkibini zamonaviy va tarixiy asarlar bilan boyitişga, iqtidorli aktyorlarni tarbiyalaşga munosib hissa qöşdi.
Katta ijod va hayot tajribasiga ega bölgan M.Azizov xalqimiz, avvalambor, yoşlarimizning madaniy saviyasini yuksaltiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ezgulik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ma'naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qiliş yölida çinakam fidoyilik namunasini körsatdi.
Mirza Azizovning özbek teatr va kino san'atini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist”, “Özbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan edi.
Taniqli san'atkor, samimiy va kamtarin inson Mirza Azizovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.











