Toşkent şahridagi Prezident maktabi – 144 nafar öquvçi va 35 nafar öqituvçidan iborat katta jamoa. Har bir sinfda 12 nafardan öquvçi ta’lim oladi. Maktabda darslar 8:30da boşlanib, 15:30gaça davom etadi. Darslar yakunlangaç, öquvçilar turli fan tögaraklariga qatnaydi. Maktabda qönğiroqlar örniga öquvçilarga ruhan tetiklik va motivatsiya beruvçi tanlangan qöşiqlar jaranglaydi.

Maktab 5 kunlik ta’lim tizimida işlaydi. Şanba va yakşanba kunlari öquvçilar uyiga jönaydi. Bu yil maktabni 24 nafar öquvçi bitiradi. Bitiruvçilar IELTS imtihonidan örtaça 7 ballni qölga kiritgan bölsa, ular orasida bu imtihondan 8,5 ball olganlari ham bor.
Maktab sinfxonalari har bir fan uçun maxsus jihozlangan. Xonalarga kirişda örnatilgan elektron doskalarda dars jadvali, tanaffus vaqti, öqituvçi haqida qisqaça ma’lumot berilgan.

“Maktabning menga yoqqan jihatlaridan biri bu – biz bu yerda yaşaymiz va öqiymiz. Agar oldingi maktabimizda direktor xonasi oldidan ötişga qörqqan bölsak, bu yerda direktor va direktor örinbosari oldiga kelib, ularga şikoyatlarimizni aytişimiz mumkin”, – deydi 11-Blue sinf öquvçisi Şahrizoda Rizoqulova.

Prezident maktablari bilan işlaş bölimi rahbari örinbosari Gavhar Işimovaning aytişiça, sinf dizaynida foydalanilgan har bir element öquvçiga motivatsiya beriş, öziga işonç hosil qiliş uçun yönaltirilgan. Yotoqxona dizaynida ham öquvçilarga motivatsiya beruvçi çaqiruv sözlari, iqtiboslardan foydalanilgan. Prezident maktablarining ustun tomoni iqtidorli öquvçilar bir joyda yiğilgani hisoblanadi. Bu ularga özaro fikr va tajriba almaşiş imkonini beradi.

Sinf xonalariga devorlar örnida oynalar qöyilgan. Maktab ma’muriyati bu orqali öquv jarayoniga xalaqit bermasdan, darslarni kuzatişi mumkin. Maktabda qöşimça maşğulotlarni toza havoda ötiş imkoniyati ham yaratilgan.
















