Navoiy viloyati Xatirçi tumanida 414 million söm kredit mablağini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Xatirçi tuman bölimi tomonidan ATB «Agro bank» Xatirçi filialining murojaatiga asosan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro S.Q. firibgarlik bilan katta miqdorda kredit mablağini olgani aniqlangan.

Jumladan, u jiyani X.ning nomiga «Y.Ch.» MÇJni taşkil qilib, amalda jamiyatni özi boşqargan. Qayd etilişiça, S.Q. tumanning çekka hududida doimiy iş bilan band bölmagan yoşlar va aholiga iş örinlarini yaratiş mazmunida bank filialidan 414 million söm kredit olişga erişgan. Aslida esa heç iş qilmagan va iş örinlari yaratiş rejasida ham bölmagan holda kredit mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan MÇJning rasmiy va norasmiy rahbarlariga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.