Navoiy şahrida lizing şartnomasi asosida avtomaşinalarni olib berişni va'da qilgan MÇJ rahbarlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy şahar bölimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, «A.F.» MÇJ mansabdor şaxslari lizing şartnomasi asosida avtomaşina olib berişni va'da qilib 14 nafar fuqaroning pullarini özlaştirgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, MÇJ rahbarlari mijozlarning işonçiga kirib, 2020 yilning yanvar-may oylarida 14 nafar fuqarodan boşlanğiç tölov sifatida 111,1 million sömni qabul qilgan. Söng, bugungaça avtomaşinalarni yetkazib bermagan va fuqarolarning talablariga asosan tölagan pullarini qaytarib bermasdan kelgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.