Farğona viloyat prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, soha xodimlari tomonidan Farğona politexnika institutida ta'lim, budjet va mehnat qonunçiligi ijrosi ahvoli örganilgan.

Qayd qilinişiça, Farğona politexnika instituti mansabdor şaxslari 2019-2020 yillar davomida 600 mln sömdan ortiq, juda köp miqdorda budjet va smeta-ştat intizomi buzilişiga yöl qöyib, özlariga işonib topşirilgan 79,5 mln söm budjet mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16.03.2021 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 184-1-moddasi 2-qismi, 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda Farğona şahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari, örganiş davomida qonunçilikka zid ravişda qabul qilingan hujjatlarga nisbatan 9ta protest keltirilgan, 9 nafar mansabdor va mas'ul xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik töğrisida iş qözğatilgan.

Qonun buzilişi, uning kelib çiqiş sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan kiritilgan taqdimnoma 09.04.2021 yilda viloyat prokuraturasi bölim boşliği K.Alixöjayev iştirokida institutning barça professor-öqituvçilari, pedagog xodimlarining kengaytirilgan yiğilişida muhokama qilingan.