Mazkur mobil, fotoelektrik avtonom svetofor yöllarda ta'mirlaş işlarini bajariş, maxsus tadbirlar ötkaziş, piyodalar ötiş xavfsizligini ta'minlaş va boşqa işlarni bajarişda transport harakatini vaqtinçalik tartibga soliş uçun möljallangan.

Mobil svetofor quyoş paneli, akkumulyator, optik svetodiodli svetofor va tizimni boşqariş elektron bloklaridan iborat. Bularning barçasi harakatlanuvçi aravaçaga örnatilgan.

Elektr energiya manbayi bölgan 50 vatt quyoş fotoelektrik paneli – kuçlaniş 12 volt va tok kuçi 70 amper/soatli akkumulyator orqali – svetoforni tun-u kun bardavom işlaşini ta'minlaydi.

Svetofor qizil va yaşil yonuvçi ikki seksiyali 8ta yoritiş çiroqlaridan iborat.

Köçma svetofor quyoş panellari yordamida özini özi bemalol ta'minlay oladi. Quyoşsiz holatda ham akkumulyatorlar orqali 14 soatgaça işlaşi mumkin.

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Konstruksiyalaşda asosiy e'tibor energiya tejamkor, avtonom işlovçi, mobil, ya'ni bir joydan boşqa joyga qöşimça xarajatsiz köçiriş imkoniyatini beruvçi, iş rejimi yaşil, qizil çiroqlarni almaşinuv intervali tez sozlanuvçi svetofor yaratişga qaratilgan.

Xorijda işlab çiqarilayotgan svetoforlarning narxi mamlakatimizga olib keliş xarajatlari bilan örtaça 1000 AQŞ dollariga töğri keladi. Respublikamizda esa svetoforlarga talab juda yuqori. Masalan, birgina umumta'lim maktablari uçun 10 mingdan ortiq bunday qurilmalarga ehtiyoj bor.

Taklif etilayotgan import örnini bosuvçi mobil, fotoelektrik, avtonom svetoforni tayyorlaniş tan narxi esa xorijda işlab çiqarilgan svetofor narxiga nisbatan 55 foiz arzon. Uning ustiga, mamlakatga olib kiriş xarajatlari ham yöq.

Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, buyurtmaçilarning talabi va hududlarning şaroitlaridan kelib çiqqan holda svetoforning konstruksiyasi, funksiyasi, çiroqlarning yoniş vaqtlari va intervallarini özgartiriş yoki masofadan boşqariş tizimiga ötkaziş mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.