Xitoyda 19 aprelda Şanhay xalqaro avtokörgazmasi Auto Shanghai 2021 oçildi. E'tiborlisi, uşbu avtosalon pandemiya boşidan beri ötkazilayotgan birinçi xalqaro avtokörgazma hisoblanadi.
19–20 aprel kunlari avtosalon xitoylik va xorijiy jurnalistlar uçun, 21–23 aprel kunlari esa yirik xaridorlar uçun oçiq böladi. 24 apreldan 28 aprelgaça unga barça istovçilar taşrif buyurişi mumkin böladi.
Auto Shanghai 2021 pandemiya boşidan beri normal rejimda ötkazilayotgan birinçi yirik avtosalon hisoblanadi. 2020 yilda pandemiya sababli barça avtosalonlar bekor qilingandi.
Joriy avtokörgazma karantin çeklovlariga rioya qilingan holda ötkazilmoqda. Kirişda taşrif buyuruvçilardan koronavirusga test natijasi, emlanganlik hamda virus yuqtiriş xavfi yuqori va örta darajada bölgan hududlarga taşrif buyurganlik haqida ma'lumotlarni saqlovçi salomatlik QR-kodi söralmoqda. Joriy yilga rejalaştirilgan boşqa xalqaro avtokörgazmalarning böliş-bölmasligi uşbu avtosalonning qançalik xavfsiz ötişiga boğliq. Agar statistika salbiy bölsa, unda Şanhay avtosaloni joriy yilda ötkazilgan yagona avtokörgazma bölişi mumkin.
Körgazmada minglab avtomobil kompaniyalari modellari taqdim qilingan. Undagi 12ta pavilonning umumiy maydoni 360 ming kvadrat metrni taşkil qiladi.

















