Tadbir davomida Qoraqalpoğistondagi «Qönğirot – Karakalpakiya posyolkasi» oraliğidagi yöl holati bilan boğliq muammo e'tirozlarga sabab bölayotgani borasida ham mas'ullarga savol bilan murojaat qilindi.
Ma'lumot uçun, bir neça kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda turkiyalik haydovçilarning bu yöldan ötayotganda katta qiyinçiliklarga duç kelişi, avtomobillari jiddiy zarar körayotgani haqida video murojaati ham tarqalgan edi.
«90 km yölni 24 soatda bosib ötdik. Bu yöldan odamlar ötadi, hayvon ötmaydi», – degan haydovçilar yölning holati haqida gapirib.
Savolga Respublika yöl jamğarmasi raisi örinbosari Abdunabi Himmatov javob berdi.
Uning ma'lumot berişiça, videomurojaatda aytilgan yöl A-380 «Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yölining 240 kilometri hisoblanadi.
«Bu yöl böyiça MDH davlatlari vakillari tomonidan ham bizga köplab e'tiroz bildirilgan. Uşbu muammo böyiça davlat investitsiya dasturi qabul qilingan.
Yölning 964-1204 kilometri, ya'ni Qönğirotdan toki Qozoğiston davlat çegarasigaça bölgan hududning 90 km.dan ortiq qismi yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Bugungi kunda örganişlar asosida mazkur holatlar inobatga olinib, avtomobil yölining ta'mirga muhtoj bölgan qismini töliq rekonstruksiya qiliş böyiça hukumat qarori qabul qilindi», – dedi jamğarmasi raisi örinbosari.
Abdunabi Himmatovga köra, yölning uşbu qismini ta'mirlaş uçun xalqaro tender savdolari e'lon qilingan va hozirda bu jarayon yakunlangan.
«Ötkazilgan xalqaro tender savdolarida Turkiyaning «Polat Yol Yapi San. ve Tic S.A.» kompaniyasi (964 – 1084 km oraliği) hamda Xitoyning «China Road and Bridge Corporation», «CCCC Third Highway Engineering Co. Ltd.» va «Sanmenxia City Changtong Road and Bridge Construction Co., Ltd.» kompaniyalari (1084-1204 km oraliği) ğolib deb topilgan va şartnoma imzolangan.
Ya'ni bu yil uşbu yölga 34.6 mln. Dollar investitsiya mablağlari özlaştiriş közda tutilgan. Yöl ikki bölakli böladi», – dedi jamğarma mutasaddisi.











