Rossiya kemalar va samolyotlar guruhini Qrimda töplagan. Hududda nimalar bölyapti?
|04:47 / 21.04.202179 46811 min
Rossiya anneksiya qilingan Qrim hududiga katta miqdordagi qöşinini olib kelgan. Xususan, bu yerga odatda Qora dengiz floti tarkibiga kirmagan köplab kemalar taşlangan, yarimorol şarqida esa harbiy lager paydo bölgan.
Foto: VITALY NEVAR/TASSFoto: VITALY NEVAR/TASS
Bu hududga harbiylar joylaştirilişi Rossiya va Ukraina çegarasida yuzaga kelgan keskinlik fonida kuzatilmoqda, bu yerga sönggi hafta davomida kattagina qöşin olib kelingan. Vaziyat Ğarb davlatlarida taşviş uyğotmoqda - xususan, AQŞ, Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiyani hududdagi harbiy kuçlarini oşirişni töxtatişga çaqirgan.
Kemalar va harbiylarni köçiriş böyiça sönggi harakatlar Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan ham tasdiqlangan. Vazirlik buni rejalaştirilgan harbiy-öquv maşğulotlari ötkazilişi bilan izohlagan.
Seşanba kuni tongda Rossiya 20 apreldan 24 aprelgaça Qrim va Qora dengiz hududining bir qismi ustidan parvoz qiliş çeklanişini ma’lum qildi. Bu hudud samolyotlar parvozi uçun xavfli ekani bilan izohlandi. Bunday çoralar odatda harbiylar xatolik bilan fuqarolik samolyotlarini urib tuşirmasligi uçun öquv maşğulotlari çoğida ham qabul qilinadi.
Ekspertlar hozirgi maşğulotlar anneksiya qilingan Qrimda sovetlardan keyingi davrda ötkazilayotgan eng yirik maşğulotlar ekanini aytişmoqda. Ular Qrimda jamlangan harbiy guruhlar Ukrainaga qarşi qöllanişini ehtimoldan yiroq deb hisoblaşmoqda, ammo Moskva öz harakatlari bilan Kiyevga siyosiy signal yuborayotganini istisno qilişmayapti.
Qrim yarimoroli Rossiya tomonidan 2014 yil bahorida egallab olingandi. Şundan söng Ğarb mamlakatlari Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etgan, Ukraina yarimorolni qaytarib oliş niyatidan qaytmay keladi.
Rossiya samolyotlari pastroqdan turib kemalarga hujum qilişni maşq qilmoqda
Duşanba kuni Rossiya Janubiy harbiy okrugi matbuot xizmati Qrimda aviatsiya maşğulotlari ötkazilayotgani va unga harbiy-kosmik kuçlar aviatsiyasi, havo hujumiga qarşi mudofaa va Qora dengiz flotining 50ta samolyoti jalb etilgani haqida xabar qildi. Maşğulotlarda qiruvçi samolyotlar, bombardimonçilar va şturmoviklar iştirok etgan.
SERGEI MALGAVKO/TASS
Xabarda aniqlik kiritilişiça, samolyotlar raketalar uçiriş va dengizdagi nişonlarni bombalaş, murakkab ob-havo şaroitlarida parvozlarni amalga oşiriş hamda suv ustida past balandlikda parvoz qiliş kabi maşqlarni amalga oşirişgan.
Şuningdek, uçuvçilar kemalarning zarbdor guruhlariga hamrohlik qiliş hamda «Qora dengiz suvlarida xavfsizlikni ta’minlaş paytida razvedka guruhlari» tarkibida harakatlanişni örganişgan.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, rossiyalik şturmoviklar samolyotlarni Qrimdagi va uning taşqarisidagi aerodromlarga tezkorlik bilan köçiriş amaliyotini maşq qilişgan.
Xabarda qayd etilişiça, bu maşqlarning barçasi barça harbiy okrug tuzilmalari, Qora dengiz floti va Kaspiy flotiliyasining 2021 yilga rejalaştirilgan maşğulotlari doirasida amalga oşirilgan.
Şu bilan birga, maşğulotlar «mavjud vaziyatni hisobga olgan holda mas’uliyat çegarasida» ötkazilgani qayd etilgan.
Qora dengizga qöşimça kemalar taşlangan
Turli kuzatuvçilar sönggi haftalarda Rossiyaning Ukraina bilan çegara hududida va Qrimda turli armiya tuzilmalari töplanayotgani haqida xabarlar berib kelişmoqda.
Ayniqsa Rossiya harbiy-dengiz floti kemalari Qora dengizda faollaşgan - ötgan hafta içida u yerda yirik kemalar guruhi töplangan.
Xususan, boşqa flotlardan kemalar Qora dengiz flotiga kelib qöşilgan. Kemalarning köpçiligi dengizdan desant tuşirişga möljallangan vositalar bilan jihozlangan.
17 aprel kuni Qora dengiz hududiga Kerçen böğozi orqali Kaspiy flotiliyasi kemalari otryadi kirdi. Bu guruh Qora dengiz floti qömondonligi böysunuviga ötdi.
Kemalar daryo va Volga-Don kanali böylab 100 kilometr masofani bosib ötişgan. Otryad tarkibida - uçta artilleriya va sakkizta desant katerlari, şuningdek, ta’minot kemalari mavjud.
18 aprel kuni Qora dengiz akvatoriyasiga Bosfor böğozi orqali ikkita katta desant kemasi - «Kaliningrad» va «Korolev» kirdi. Ular Boltiq floti tarkibida. Bungaça şu kuni Qora dengizga Rossiya Şimoliy flotining «Aleksandr Otrakovskiy» va «Kondopoga» desant kemalari kirgandi.
14 aprel kuni Qora dengizdagi bazadan katta desant kemalarini öz içiga olgan kemalar guruhi oçiq dengizga çiqqan, bu guruh tarkibida qança miqdorda va qanday desant kemalari harakatlangani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Bu guruh tarkibida «Admiral Makarov» fregati, «Grayvoron» va «Vişniy Voloçek» kiçik raketa kemalari, «Samum» raketa kemasi, dengizni minalardan tozalovçi «Ivan Golubets» tralçi kemasi bölgan. Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga köra, ular minalaştirilgan hududdan ötiş maşqlarini bajarişgan.
Qrim şarqida harbiy lager paydo böldi
Ötgan haftada Germaniyaning Spiegel naşri Qrim yarimoroli şarqida kattagina armiya lageri paydo bölgani haqida xabar tarqatdi. Naşr sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlarni keltirgan. Bu ma’lumotlarga köra, lager yarimorol şarqidagi Marfovka aholi yaşaş punktidan 30 kilometr masofada barpo etilgan.
16 aprel kuni Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati 58-armiya qismlari Qrimda maşğulotlar ötkazgani haqida xabar berdi. Xabarda 58-armiya bölinmalari maşğulotni Janubiy harbiy okrugning Harbiy-havo kuçlari va Havo hujumidan mudofaa kuçlarining 4-armiyasi, Qora dengiz floti va Kaspiy flotiliyasi bilan hamkorlikda ötkazgani, bu rejalaştirilgan maşğulot bölib, unda Janubiy harbiy okrug harbiylarining qişki davrdagi ta’limi yakunlari tekşiruvdan ötkazilgani qayd etilgan.
Ikki armiyani köçiriş
Aprel oyi boşidan buyon AQŞ va Yevropa mamlakatlari rossiyalik harbiylar Ukraina bilan çegaralar yaqiniga keltirilayotganidan xavotirlarini bildirib kelmoqda. Ammo Rossiya öz harbiylarini çegara tomon surayotgani haqidagi xabarlar mart oyi oxiridayoq ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgandi.
30 mart kuni New York Times Ukraina şarqida vaziyat keskin yomonlaşgani, minglab rus harbiylari Ukraina çegaralariga, xususan, Rostov, Bryansk, Voronej oblastlari va Qrimga yuborilgani haqida xabar berdi.
8 aprel kuni Conflict Intelligence Team (CIT) suriştiruv guruhi ham harbiy qismlar Rostovga yuborilişi töğrisida xabar bergan, guruh ma’lumotlariga köra, ba’zi transport vositalarining raqamlari berk bölgan. CIT tadqiqotida rossiyalik harbiylar «Voronejdan janubdagi poligonda taşkil etilgan dala lagerida töplangani, bu yerga kamida ikkita temir yöl stansiyasidan texnikalar taşib kelinayotgani» haqida ham aytilgan.
CIT öz tadqiqotlari uçun faqat oçiq manbalardan foydalangani, bular mualliflar tomonidan internetga joylaştirilgan mobil telefonlar va videoregistratorlardagi yozuvlar ekanini aytib ötgan.
Tadqiqot mualliflarining tasdiqlaşiça, Voronej oblastiga keltirilgan harbiy texnikalarning katta qismi Markaziy harbiy okrugga tegişli bölib, texnikalar yuzlab va minglab kilometr masofalardan olib kelingan.
13 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Rossiyaning «ğarbiy çegaralari»ga ikkita armiya va havo-desant qöşinlarining uçta birlaşmasi joylaştirilganini tan oldi. Uning sözlariga köra, harbiylar «qöşinlarning nazorat tekşiruvi»da qatnaşyapti. Şuningdek, Şoyguning ta’kidlaşiça, Rossiya NATOning «tahdid soluvçi harbiy harakatlari»ga javoban «çoralar körmoqda». Vazir bu maşğulotlar ikki hafta içida yakunlanişiga va’da bergan.
Maşğulotmi yoki bostirib kirişga tayyorgarlik?
Xalqaro masalalar böyiça Rossiya kengaşi eksperti Ilya Kramnik BBC rus xizmatiga bergan intervyusida Qora dengizda ötkazilayotgan maşğulotlar sobiq ittifoq parçalanganidan keyingi davrda kuzatilgan eng yirik harbiy maşğulotlar bölayotganini qayd etgan.
Ğarbdagilar rossiyalik harbiylarning bu tariqa harakatlanişini juda jiddiy qabul qilgan. Şu bilan birga, amerikaliklar va britaniyaliklarning ruslarning Qora dengiz floti harakatlariga reaksiyasi turliça böldi.
Ötgan haftada AQŞ Rossiya va Ukraina örtasidagi keskinlik avj olişiga sabab bölmaslik uçun ikkita esminetsini Qora dengizga yuboriş rejasidan voz keçdi. Bu haqda Politico naşri öz manbalariga tayanib xabar tarqatdi. Qayd etilişiça, bu kemalar rossiyaliklar flotining harakatlariga javoban emas, oldindan qilingan reja böyiça Qora dengizga kirişi kerak bölgandi.
Yakşanba kuni Buyuk Britaniya Ukraina bilan birdamlik ramzi sifatida Qora dengizga ikkita harbiy kema yuborişi haqida xabarlar paydo böldi. Unga köra, Qora dengizga eskadra mina taşuvçisi va fregat (harbiy kema) Örta Yer dengizdagi Qirollik Harbiy-dengiz kuçlari zarbdor guruhidan ajralib çiqib, Bosfor böğozi orqali Qora dengizga yöl olişi rejalaştirilgan. Xabarlarda bortida Rossiya kemalaridan tahdid bölgan taqdirda, yordamga keluvçi F-35 qiruvçi samolyotlari va Merlin vertolyotlari joylaşgan HMS Queen Elizabeth samolyot taşuvçi kemasi ularni kuzatib borişi aytildi.
Harbiy şarhlovçi Aleksandr Gols esa, Rossiyaning harakatlariga Ukrainaga bostirib kirişga tayyorgarlik köriş deb baho bermaslik kerakligini aytmoqda.
U Qora dengizga Rossiyaning bir neça flotlaridan, şu jumladan, Kaspiy flotiliyasidan kemalar jalb qilingan bölsa-da, bu kuçlar desant tuşirib, Ukraina qirğoqlarini egallaş yoki platsdarmni uşlab turiş uçun qodir bölmasligini ta’kidlab ötgan.
Ekspertning fikriça, barça desant vositalari jami bölib köpi bilan ikkita dengiz piyodalari batalonini qirğoqqa tuşirişga qodir bölib, bu kuçlar esa hujum operatsiyasi ötkaziş uçun yetarli bölmaydi.
Uning sözlariga köra, Qora dengizda kemalar faolligi, birinçi navbatda, rasmiy bayonotlarda aytilganidek, harbiylarni öqitişga qaratilgan.
Şu bilan birga, ekspert buning ortida siyosiy maqsadlar ham bölişi mumkinligini istisno qilmaydi.
«Agar mamlakatda dengiz piyodalari bölsa, ular qayerdadir maşğulot ötaşi va joylaştirilişi kerak. Hozirgi holatda, siyosiy vaziyat tufayli, uruş röy bergan holda, qöşinlarni Qrimga, Qora dengizga tutaşgan davlatlarga tuşirişga qodirliklarini namoyiş etişdi», deydi Gols. Iş kuçlarni namoyiş etişdan nariga ötmasligiga uning işonçi komil.
BBC rus xizmati Rossiya mudofaa vazirligiga maşğulotlar nega aynan hozir ötkazilayotganini sörab murojaat qilgan va javob kutmoqda.