«2021 yil 21 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87935 (+384) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Shu tariqa, kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etildi. Bundan avvalgi antirekord 18 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 342 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.

So‘nggi bir kunda Toshkent shahrida 200dan ortiq, Samarqand viloyatida 73 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Jizzax viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 54 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 27 nafar,
  • Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85007 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 2288 nafarga yetgan, shundan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.