“Özbekneftgaz” matbuot xizmatiga köra, şirkat tasarrufidagi “Buxoro” neftni qayta işlaş zavodi tomonidan işlab çiqarilayotgan avtobenzin va dizel yonilğilari iste'molçilarga, şu jumladan, aholi ehtiyojlari uçun neft bazalari hamda xususiy avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari (AYoQŞ) orqali sifat körsatkiçlari amaldagi davlat andozalari talablariga mos ravişda yetkazib berilmoqda.
AYoQŞlarda, şuningdek, tadbirkorlar tomonidan respublika hududiga çet davlatlardan import asosida olib kelingan avtobenzin va dizel yonilğisi ham sotilmoqda.
“Sönggi paytlarda, avtotransport boşqaruvçilari tomonidan avtobenzin va dizel yonilğisining sifat körsatkiçlarini belgilangan talablarga javob bermasligi töğrisidagi murojaatlar köpaygani kuzatilmoqda.
Respublika iste'molçilarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlaşning asosiy qismi bevosita “Özbekneftgaz” tomonidan yuritilayotganini inobatga olib, yuqoridagi holatlarni örganiş maqsadida, “Özbekneftgaz” mutaxassislari tomonidan Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim xususiy AYoQŞlarda va neft bazalariga qaraşli bölgan AYoQŞlarda aholiga sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilğilaridan mart-aprel oylarida amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga binoan namunalar olindi”, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilişiça, olingan namunalar “Buxoro” neftni qayta işlaş zavodining akkreditatsiyadan ötgan kimyo nazorati laboratoriyasida tahlildan ötkazilgan.
Tahlil natijalariga köra, AYoQŞlarda sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilğisi sifat körsatkiçlari amaldagi me'yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan körsatkiçlardan farq qilişi, ya'ni sifat körsatkiçlari talabga javob bermasligi aniqlangani aytiladi.
“Özbekneftgaz” aniqlangan sifatsiz avtobenzin va dizel yonilğisi mahsulotlari import asosida olib kelinayotgan neft mahsulotlari jumlasiga kirganini, ma'lumot tariqasida mutasaddi taşkilotlar va iste'molçilar e'tiboriga havola qilişni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi”, deyiladi şirkat axborotida.
Ma'lumot söngida ta'kidlanişiça, avtobenzin va dizel yonilğisi sifat körsatkiçlarining talab darajasida bölmasligi avtotransport vositalari va qişloq xöjaligi texnika vositalari holatiga, atrof-muhitga salbiy ta'sirni oşiradi.











