Internetdagi «çegaradan çiqqan» izohlar uçun OAV va blogerlarni nimalar kutmoqda?
|14:56 / 23.04.202120 53813 min
31 mart kuni imzolangan qonun bilan, «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Endilikda veb-sayt egasi, jurnalist va blogerlar nafaqat özlari e'lon qilgan axborot, balki foydalanuvçilar tomonidan yozib qoldiriladigan izohlar uçun ham javobgar böladi.
Kun.uz qonunçilikka bu özgartiriş nima maqsadda kiritilgani, uning huquqiy oqibatlari haqida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya va AKT vazirliklari mas'ullaridan izoh oldi.
Şuhrat Ahmadov
Şuhrat Axmatov,
AOKA Axborot siyosati boşqarmasi boşliği:
— Avvalo, mazkur qonun loyihasi AOKA tomonidan işlab çiqilmaganini ta'kidlab ötmoqçiman. Qonunga kiritilgan özgartirişga köra, internet tarmoğidagi axborot resursidan quyidagi maqsadlarda foydalaniş taqiqlanadi:
Özbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zörlik bilan özgartirişga da'vat etiş;
ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga, şuningdek, belgilangan tartibni buzgan holda ötkaziladigan yiğilişlar, mitinglarda, köça yurişlarida va namoyişlarda iştirok etişga da'vat qiliş, şuningdek, mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlaştiriş;
jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborot tarqatiş;
uruş, zöravonlik va terrorizmni, şuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm ğoyalarini tarğib qiliş;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma'lumotlarni oşkor etiş;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatuvçi, şuningdek, fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatiga yoki işçanlik obröyiga putur yetkazuvçi, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöyuvçi axborotni tarqatiş;
jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvçi, şu jumladan, beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatiş;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni tarğib qiliş;
Mavzuga oid
pornografiyani, zöravonlikni va şafqatsizlikni tarğib qiliş, şuningdek, öz joniga qasd qilişga da'vat etiş;
fuqarolarni, şu jumladan, voyaga yetmagan şaxslarni ularning hayotiga va (yoki) soğliğiga yoxud özga şaxslarning hayotiga va (yoki) soğliğiga tahdid soluvçi ğayrihuquqiy harakatlarni sodir etişga undaşga yoki boşqa tarzda jalb qilişga qaratilgan axborotni tarqatiş.
Veb-saytning egasi va bloger qonunga muvofiq jinoiy va boşqa javobgarlikka sabab böladigan özga harakatlarni sodir etiş maqsadlarida foydalanilişiga yöl qöymasligi, axborot resursiga hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan axborot joylaştirilguniga qadar uning töğriligini tekşirişi, başarti joylaştirilgan axborotning notöğriligi aniqlangan taqdirda, uni darhol öçirib taşlaş çoralarini körişi şart.
Deylik, saytda çiqqan, YouTube va Telegram kanallarida e'lon qilingan, boşqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan materiallarga qoldirilgan qonunga zid izohlarni sayt egasi yoki bloger körib qolgan vaqtda şu zahoti öçirib taşlaşi kerak.
Yangi qonun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 807-son qarori bilan tasdiqlangan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şuningdek, blogerga Özbekiston qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriş tartibini inkor etmaydi.
Yuqorida yangi qonun bilan taqiqlangan maqsadlarga xizmat qiluvçi izohlar darhol öçirilişi kerak, deb aytdim. Deylik, izohlarning qonunga zid ekanini hamma ham anglay olmasligi, buning uçun huquqiy bilimi yetmasligi mumkin, şu bois, ayrim izohlarni öçirmay ötkazib yuborişi tabiiy. Bunday paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markazi 24 soat içida veb-sayt egasi yoki blogerga falon materialda yoki falon platformadagi xabar yoki videoda qonunga zid holat aniqlandi, şuni öçiring, degan mazmunda xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma Markazning rasmiy axborot resurslari (elektron poçta, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlardagi rasmiy sahifa) orqali elektron şaklda yuboriladi. Unda Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot joylaştirilgan axborot resursining nomi, axborot joylaştirilgan sana körsatiladi; taqiqlangan axborotga havola va uning ekrandagi tasviri nusxasi ilova qilinadi. Şuningdek, qöşimça ravişda uşbu axborotni tarqatiş uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik töğrisida ma'lumotlar keltirilişi mumkin.
Töğri, katta axborot resurslari kuniga yuzlab materiallar e'lon qiladi, uni internetdagi bir qança platformalarga tarqatadi, u yerda yozib qoldirilayotgan izohlarni kuzatib boriş qiyin, buni tuşunamiz. Biroq qonun bilan OAV va blogerlarga imkon qadar ana şunday izohlarni körib çora köriş böyiça majburiyat yuklanmoqda. Buni unutmaslik kerak.
Bordi-yu OAV egasi yoki bloger qonunga zid izohni körmay qoldi. Yoxud qaysidir izoh qonunga zid ekanini anglolmadi. Bunday vaziyatda Monitoring markazidan xabarnoma borganidan söng öşa izoh öçirib taşlansa, bu heç qanday oqibatni keltirib çiqarmaydi. Biroq AOKA Monitoring markazi qaysidir material yoki izoh qonunga zid ekanini isbotlab berib, uni öçiriş haqida ogohlantirgandan keyin bu talabni bajariş majburiy hisoblanadi.
Tahririyat AOKA Monitoring markazi tomonidan yuborilgan xabarnomada 24 soat içida öçirilişi talab etilgan material yoki izoh qonunga zid emas, deb hisoblasa, masalaning yeçimi sudga borib taqaladi. Tahririyat yoki bloger sudda çindan ham öçirilişi söralgan maqola yoki izoh qonunga zid emasligini isbotlab berişsa, muammo yöq, bunda xabarnoma kuçini yöqotadi. Monitoring markazidayam robotlar emas, odamlar işlaşadi, tabiiyki, xabarnoma xato yuborilgan yoki anglaşilmovçilik bölgan bölişi ham mumkin. Inson omiliga boğliq har qanday jarayonga xos holat bu.
Bizning maqsadimiz ham, qonun taşabbuskorlarining maqsadi ham hamma narsani boşma-boş öçiriş emas, aksinça, yaxşi kontent qolsin, köproq qonunga xilof kontentlarni öçiriş masalasi aniq-tiniq belgilab qöyilgan.
Şu örinda ta'kidlab ketişim kerakki, bu qonunning qabul qilinişi internet foydalanuvçilarining Özbekiston konstitutsiyasida belgilab qöyilgan fikrini mustaqil bayon qiliş huquqini, söz erkinligini çeklamaydi. Aksinça, qonunga xilof axborotlarnigina öçirişni taqozo qiladi.
Şerzod Ahmadov
Şerzod Ahmadov,
AKT vazirligi axborot xizmati rahbari:
— «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartiş va qöşimçalar bilan men ham tanişib çiqdim. Bu tölaligiça kontent masalasi bilan boğliq. Şu sababli uşbu qonunning vazirligimizga umuman aloqasi yöq. Qonunda körsatilgan talab va majburiyatlar ijrosini nazorat qiliş bilan boşqa taşkilotlar şuğullanadi.
Sevara Örinboyeva
Sevara Örinboyeva,
Adliya vazirining matbuot kotibi:
— «Axborotlaştiriş töğrisida» gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonunni işlab çiqişdan bir qança maqsadlar közlangan.
Birinçidan, sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy tartibsizliklarga, şuningdek, belgilangan tartibni buzgan holda ötkaziladigan yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari va namoyişlarda iştirok etişga da'vat etuvçi postlar hamda e'lonlar köp uçramoqda. Bu esa köpçilik fuqarolarning noroziligiga, şu bilan birga jamoat joylarida turli bezorilik harakatlari sodir etilişiga sabab bölmoqda. Xuddi şu kabi holatlarning öz vaqtida oldini oliş uçun aynan uşbu qonun işlab çiqildi.
Ikkinçidan, oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotlarni ham köp uçratişimiz mumkin. Afsuski, özining veb-sayt sahifasini yurituvçi ayrim şaxslar obunaçilar sonini oşiriş maqsadida yolğon axborotlarni hamma foydalanişi mumkin bölgan internet jahon axborotiga joylaştirmoqda. Buning natijasida esa, köplab fuqarolar orasida notöğri fikrlar, özaro tortişuvlar va boşqa salbiy holatlar uçramoqda. Aynan şunday holatlarning oldini oliş uçun uşbu qonunni qabul qilişga zarurat mavjud edi.
Hukumatning 2020 yil 23 dekabrdagi 807-sonli qarori bilan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şuningdek, blogerga Özbekiston qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriş tartibi tasdiqlangandi. Lekin uşbu qarorda internet tarmoğida tarqatilişi çeklangan axborot turlarining röyxati mavjud bölmagan. Bunday axborotlarning röyxati esa «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 121-moddasida belgilangan. 2021 yil 31 mart kuni qabul qilingan qonun bilan esa qonunçilikda tarqatilişi taqiqlangan axborotlar röyxati kengaytirilgan holda aniqlaştirildi.
Jahon tajribasiga nazar taşlaydigan bölsak, axborot tizimlariga taqiqlangan axborot joylaştirilgani yoki joylaştirilmaganini monitoring qiliş tartibi faqat Özbekiston Respublikasida emas, köpçilik davlatlarda mavjud. Xususan, Rossiya Federatsiyasida uşbu vazifani Roskomnadzor davlat taşkiloti amalga oşiradi. Monitoringni amalga oşiriş tartibi esa Rossiya Federatsiyasining «Axborot, axborot texnologiyalari va axborot himoyasi töğrisida»gi qonunida belgilangan.
Mazkur qonun qabul qilinişi bilan hukumatning 2020 yil 23 dekabrdagi 807-sonli qaroriga heç qanday özgartiriş kiritilmadi. Ya'ni hukumat qarorida belgilangan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şuningdek, blogerga Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriş tartibi heç qanday özgarişsiz töliq amal qiladi.
Veb-saytdan va (yoki) veb-saytlardan va (yoki) sahifalaridan foydalaniş çeklanişi mumkin bölgan axborot segmentlari doirasi esa «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 121-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Axborot resurslari egasi, şuningdek, blogerga Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotlarni olib taşlaş töğrisida xabarnomani yuboriş Hukumatning 2020 yil 23 dekabrdagi 807-sonli qarorida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Unga köra, axborot resursi egasi, şuningdek, bloger xabarnomani olgan vaqtdan boşlab (e'tibor beriş kerakki, xabarnomani olgan vaqtdan boşlab) 24 soatdan keçiktirmasdan qonunçilik bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotni olib taşlaşi, bu töğrida tegişli ravişda xabardor qilişi lozim.
Xabarnoma uning jönatilgani va qabul qilib olingani faktlarini qayd etiş imkonini beruvçi maxsus avtomatlaştirilgan tizimdan foydalangan holda elektron şaklda yuboriladi.
Uşbu jarayonni ikki xil holatda tuşuntirib ötamiz.
Birinçi holat. Misol uçun «M» ismli blogerning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga kimdir qonunga zid axborot (ommaviy tartibsizlikka, mitinglar, köça yurişlari, terrorizm yoki milliy adovat, jinoyatçilikka da'vat, haqorat va b.) qoldirdi. Bu holda «M» ismli bloger uşbu axborotni köradigan bölsa, özi öçirişi kerak böladi.
Ikkinçi holat. «M» ismli bloger qoldirgan postda bildirilgan axborotlar juda köp bölsa, buni bloger doimiy nazoratiga ololmaydi. Şu sababli körmay qolgan axborot uçun «M» ismli bloger javob bermaydi. Uşbu holda axborotni AOKAning Monitoring markazi aniqlasa, unda blogerga elektron ravişda xabarnoma yuboradi.
«M» ismli bloger xabarnomani olgandan keyin (taqiqlangan axborot qoldirilgandan keyin emas) 24 soat içida öşa kommentariyni öçirişi va AOKAning Monitoring markazini xabardor qilişi lozim.
Eng muhimi, hukumatning 807-sonli qaroriga köra, agar «M» ismli bloger taqiqlangan axborotni öçirmasa, unga öçiriş majburiyati faqat sud tomonidan belgilanadi. Bu degani oxirgi sözni sud aytadi.
Bu qonunning qabul qilinişi internet foydalanuvçilarining huquqini, söz erkinligini çeklaşi haqida xavotirlar örinsiz. Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga köra, har kim fikrlaş, söz va e'tiqod erkinligi huquqiga egadir. Şunga köra, heç kim yoki heç bir davlat organi fuqarolarning söz erkinligini çeklaşga haqli emas. Uşbu qonun böyiça aytadigan bölsak, qonunda fuqarolarning söz erkinligini çeklaşga qaratilgan heç qanday norma mavjud emas. Qonundagi barça normalar davlat va jamiyat tuzilişi, şuningdek, fuqarolarning huquqlarini inobatga olgan holda kiritilgan.
Umuman olib qaraganda, internet jahon axborot tarmoğidan foydalanayotgan barça foydalanuvçi, şu jumladan, blogerlar ham qonunga zid materiallarni va axborotlarni e'lon qilişdan ehtiyot bölişlari lozim. Çunki söz erkinligi degani – bu qonun normalariga zid istalgan fikrni ayta oliş, jamoat tartibini buziş, yot ğoyalarga da'vat qiliş yoki yolğon axborot tarqatiş kerak, degani emasligini yaxşi anglaşimiz va tuşunişimiz kerak.