Xorazm imom-xatiblari 15 yil ijarada yaşagan, körişida nuqsoni bor oila vakillariga 5 xonali uy hadya qildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xorazm viloyati Urganç şahar boş imom-xatibi Hasanboy Kenjayev taşabbusi bilan homiylar jalb etilgan holda şaharning Temiryölçi mahallasida yaşovçi, körişida nuqsoni bor oila vakillariga 5 xonali uy hadya qilindi. Yangi xonadon egasi 15 yil davomida onasi va bolalari bilan uyma-uy ijarada qiynalib yaşab yurgan.

«Uyni topşiriş marosimida Özbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla Abdullayev va Urganç şahar hokimligi vakillari qatnaşdi.

Qur'oni karimda marhamat qilinadi: «Ehsonning mukofoti faqatgina ehsondir» (Ar-Rohman surasi, 60-oyat). Ya'ni yaxşilikning mukofoti faqatgina yaxşilikdir. Oyati karimadagi birinçi yaxşilikni bandalar qiladi. Uning içiga barça ezgu işlar kiradi. Ikkinçi yaxşilik esa Alloh taolo yaxşilik qiluvçilarga beradigan jannatdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kim bir mömin birodarining dunyodagi qiyinçiligini yengillatsa, Alloh u bandaning qiyomat kunidagi qiyinçiligini oson qilib qöyadi». (Imom Muslim rivoyati)

Alloh taolo uşbu xayrli işga hissa qöşgan insonlardan rozi bölsin, ularning ehsonini dargohida qabul qilib, ikki dunyo saodatidan bahramand qilsin, ana şunday xayrli işlarni qiladigan saxovatpeşa hamyurtlarimiz köpayaversin!» — deyiladi Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabarida.