Joriy yil 13 aprel kuni «Uzcard» va «Humo» kompaniyalari örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.

Ma'lum qilinişiça, hujjat Özbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillaştirişga hissa qöşadigan qöşma loyihalar amalga oşirişni nazarda tutadi.

Imzolangan memorandum doirasidagi ilk loyihaga köra, kompaniyalar infratuzilmalarining bosqiçma-bosqiç integratsiyalaşuvi böladi. Bunda tölov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boşlaydi.

«Infratuzilmalar integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgaç qaysi terminallardan foydalaniş mumkinligi haqidagi öylari yöqoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan tölovlarni bitta terminal orqali qabul qilişlari mumkin böladi. Şuni ta'kidlaşni istardimki, «Uzcard» va «Humo» Özbekistonning tölov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratişda davom etadi», deya ma'lum qilgan MBPM direktori Şuhrat Qurbonov.

Qayd etilişiça, tölov tizimlarining yaqin hamkorligi bozor talablariga tezroq javob berişga va innovatsion yeçimlarni yanada samarali amalga oşirişga imkon beradi. 2021 yil oxiriga qadar terminallar ikkala turdagi kartalarni qabul qilişni boşlaşi kutilmoqda.

«Uzcard» va «Humo» örtasidagi hamkorlik moliyaviy xizmatlarni fuqarolar uçun qulayroq va arzonroq qiliş, şuningdek, mamlakat çekka hududlarida ham aholining moliyaviy savodxonligini rivojlantiriş va yaxşilaşga yordam beradi.

Bu, öz navbatida, kompaniyalarni yangi texnologiyalar işlab çiqişga, tölov biznesini rivojlantirişga va xizmat körsatiş sifatini oşirişga undaydi. Bundan taşqari, bu halol raqobatni rivojlantirişga va moliyaviy texnologiyalar bozorida yangi iştirokçilarning paydo bölişiga yordam beradi», deya izoh bergan «Uzcard» boş direktori Farrux Ziyoyev.

Şuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar:

  • karta egalari, banklar, tölov taşkilotlari va çakana savdo nuqtalari manfaatlarini himoya qiliş;
  • naqdsiz tölovlarni rağbatlantiriş uçun texnologiyalarni takomillaştiriş va infratuzilmani kengaytiriş;
  • tölov infratuzilmasi işonçliligi va axborot xavfsizligini ta'minlaş böyiça loyihalarni amalga oşiriş yönalişlarida hamkorlik qilişga kelişib olgan.