Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda mahalla kotibi «Asakabank» mas'ullari bilan til biriktirib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi mahallalardan birining kotibi «Asakabank» mas'ullari bilan til biriktirib, fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz kredit olgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi mahallalardan birining kotibi U.Q. AJ «Asakabank» Guliston filiali mas'ul shaxslari bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, bank mas'ullari va mahalla kotibi 4 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga «Har bir oila-tadbirkor» dasturi doirasida baliqchilik tashkil qilish uchun 120 million so‘m imtiyozli kredit ajratib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan U.Q. va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:12 / 09.12.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
11:15 / 01.12.2025