23-24 aprel kunlari Oliy Majlis Senatining ön törtinçi yalpi majlisi bölib ötdi.
Senat raisi Tanzila Norboyevaning aytişiça, 2020 yilda 2,5 mingdan ziyod budjet muassasasida 301 mlrd sömdan ortiq budjet mablağlari talon-toroj qilingan. Quriliş sohasida 124 ta, soğliqni saqlaş sohasida 41 ta va ta'lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurişda 367 mlrd sömdan ziyod moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilgan.
Quriliş, tibbiyot, maktabgaça ta'lim sohalarida korrupsiya holatlari köpaygani ta'kidlandi.
Ma'lumotga köra, xalq ta'limi tizimida 192 mlrd sömdan ziyod moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlangan. Sohta hujjatlar asosida 40 mlrd sömdan ortiq mablağ, jumladan Dehqonobod, Çiroqçi, Qamaşi va Yakkaboğ tumanlari xalq ta'limi bölimlarida 8,7 mlrd sömlik iş haqi noqonuniy özlaştirilgan.











