Ötgan bir kun Özbekiston milliy jamoasining ikki asosiy yulduzi – Eldor Şomurodov va Jaloliddin Maşaripov uçun omadli keldi.
Italiyaning «Jyenoa» klubida harakat qilayotgan Şomurodov nihoyat 9 ta öyindan iborat golsiz seriyasini yakunlab, A Seriyadagi 4-golini urdi. «Spetsiya»ga qarşi öyinning 63-daqiqasida Mattia Destro örniga maydonga tuşgan Şomurodov 86-daqiqada raqib himoyaçisini tezlikda ortda qoldirib, çiroyli gol urdi. Bu öyinda «Jyenoa» 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Şomurodov A Seriyada 26-öyinda maydonga tuşib, 4-golini urdi. Futbolçi öyindan keyin italyan tilida intervyu berib, urgan golini öğliga bağişlaşini aytdi.
Qiziği, Şomurodov gol urgan öyinlarda «Jyenoa» ilk marta ğalaba qozondi. Bungaça özbekistonlik futbolçi «Parma», «Sassuolo» va «Verona»ga qarşi öyinlarda gol urgan va bu bahslarda «Jyenoa» yoki mağlub bölgan yoki durang öynagandi. Ma'lumot uçun, Şomurodov Yevropa top-5 çempionatlarida gol urgan yagona özbekistonlik futbolçi hisoblanadi.
25 aprelga ötar keçasi yana bir özbekistonlik futbolçi uçun omadli keldi. BAAning «Şabob Al Ahli» klubida töp tepuvçi Jaloliddin Maşaripov OÇL 4-turidan örin olgan Özbekistonning OKMK jamoasiga qarşi öyinda ikkita golga assistentlik qildi va jamoasining 3:1 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşdi. Şu tariqa yangi jamoasi safida OÇLda ikkinçi öyinda maydonga tuşgan Maşaripov ikkita golli harakatni amalga oşirişga ulgurdi.
Oldinroq Maşaripov BAA kubogini qölga kiritgan va finalda hal qiluvçi golni Panenka uslubida urib, uçraşuvning eng yaxşi futbolçisi bölgandi.












