AQŞ prezidenti Jo Bayden mamlakatni boşqarayotganining ilk 100 kunida, uning faoliyati amerikaliklar tomonidan ma'qullanişi reytingi 52 foizni taşkil qildi. Ta'kidlanişiça, bu AQŞ tarixidagi eng past körsatkiçlardan biri hisoblanadi.
1945 yildan beri faqatgina ikki prezident — Jyerald Ford (48 foiz) va Donald Tramp (42 foiz) reytinglari bundan pastroq bölgan.
Post va ABC News ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, respondentlarning 52 foizi «şak-şubhasiz» yoki «ma'lum darajada» Baydenning faoliyatini ma'qullaydi. 42 foiz respondent bu haqda yaxşi fikrda emasliklarini ma'lum qilgan.
Söralganlardan 64 foizi AQŞ prezidentining koronavirusga qarşi olib borayotgan siyosatini, 52 foizi iqtisodiy siyosatini ma'qullagan. Şu bilan birga, söralganlarning 37 foizi Baydenning Meksika çegarasidagi migratsiya inqirozi böyiça harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
60 foiz respondent demokrat Bayden Kongressda respublikaçilar tomonidan qöllab-quvvatlovga ega bölişi kerakligini, 30 foizi esa prezident busiz ham mustaqil harakat qila olişini aytgan.
Baydenning iqtisodiyotni jonlantirişga qaratilgan çoralar paketini 65 foiz respondent qöllab-quvvatlagan, 31 foizi unga qarşi çiqqan. AQŞ prezidentining infratuzilmaviy loyihalarga 2 trln dollar yönaltiriş qarorini söralganlarning 52 foizi ma'qullagan, 35 foizi esa salbiy fikr bildirgan.
Telefon orqali sörovnoma 18—21 aprel kunlari ingliz va ispan tillarida ötkazilgan. Unda 1007 nafar respondent iştirok etgan.












