“Yoşlar bandligini ta'minlaş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida Farğona viloyatining barça tumanlarida “Yoşlar daftari” dagi işsiz yoşlarga yer ajratib berilmoqda.

 Viloyat böyiça jami  18 ming gektar yer maydonlarini “Yoşlar daftari” dagi yoşlarga ajratilib, uşbu ajratib berilgan yer maydonlariga sabzavotlar, poliz ekinlari, kartoşka hamda dukkakli ekinlar ekilmoqda.

Farğona viloyatida “Yoşlar daftari” ga kiritilgan işsiz yoşlarning bandligini ta'minlaş, ular örtasida tadbirkorlikni rivojlantiriş va turmuş şaroitini yanada yaxşilaş borasida aniq çora-tadbirlar işlab çiqilgan.

Xususan, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan  qişloq xöjaligi sohasida mehnat qiliş istagida bölgan işsiz yoşlarga dehqonçilik uçun yer ajratib beriş işlari davom etmoqda.

Uçköprik tumani misolida buni yaqqol köriş mumkin. “Boboşbek fermer xöjaligi”, “Mullayev Muqimjon Ziyosi”, “Abrorbek quvonç nuri” fermer xöjaliklari tasarrufidagi ekin maydonidan 4 gektar yer «Boboşbek», «Yakkatut», «Katta kenagas» mahallalarida istiqomat qiluvçi 40 nafar işsiz yoşga 20 sotixdan ajratib berildi.

Şu yerning özida soha mutaxassislari tomonidan yoşlarga ertangi ekinlar turlari, ularni ekiş va parvarişlaş agrotexnikasi haqida batafsil tuşunçalar berildi. 

– Yetti yildan beri Rossiya va Qozoğistonda yollanma işçi bölib mehnat qilardim, – deydi Doston Nuraliyev. 

Bugun bizga 20 sotixdan yer berişdi. Bu yerdan unumli foydalanib, kartoşka va sabzavot mahsulotlari yetiştirmoqçiman. Bir yil davomida şu yerda mehnat qilsam, çetga çiqib iş izlab yurişimga zarurat qolmaydi.

Hozirga qadar tumanda mahalla fuqarolar yiğinlarining tavsiyasi va işçi guruh a'zolarining “xonadonbay” örganişlari asosida hududlardagi fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlari tomonidan “Yoşlar daftari”ga kiritilgan işsiz, migrantlikdan qaytgan va ijtimoiy kömakka muhtoj  bölgan 17 mingdan ziyod  nafar yoşga dehqonçilik uçun yer ajratib berilmoqda.

Yoşlarimizga yer beriş işlari davom etmoqda!

Farğona viloyati fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi