Samarqand şahridagi kasb-hunar maktabi, kollejlar hamda texnikumlar 2021 yil 27 apreldan karantinga yopiladi va darslar masofaviy ta'limga ötkaziladi. Bu haqda viloyat kasbiy ta'limni rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahridagi kollej va texnikumlarda ta'lim olayotgan öquvçi-yoşlarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib oliş holatlari kuzatilmoqda.

Şu bois, şahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarşi kuraş favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlangan. Unga köra, Samarqand şahridagi barça kasb-hunar maktabi hamda kollej va texnikumlarda 14 kunlik karantin joriy etiladi va 27 apreldan boşlab onlayn ta'lim beriş tizimi yölga qöyiladi.

Qayd etilişiça, kasb-hunar maktabi hamda kollej va texnikumlarga kirib-çiquvçilar orasida karantin davrida koronavirus yuqtirib oliş holatlari kuzatilmasa ta'lim beriş tizimi an'anaviy yölga qöyiladi.