O‘zbekiston | 09:54 / 27.04.2021
5222
1 daqiqa o‘qiladi

Nukusda 21 yoshli qiz o‘zini Qizketgen kanaliga tashladi

Nukus shahrida 26 aprel kuni 21 yoshli qiz o‘zini kanalga tashladi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 26 aprel kuni soat 08:30 larda voqea joyiga yetib borgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Nukus shahri bo‘ylab o‘tgan Do‘stlik kanali(Qizketgen)ga o‘zini tashlagan noma'lum qiz suvdan qutqarib olingan. Qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Dastlabki surishtiruvlar mobaynida u Nukus shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. ekani ma'lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid