Energetika vazirligi sifatsiz benzin quyilişi natijasida motori işdan çiqqani aytilayotgan «Malibu 2» avtomobili yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilişiça, mazkur masala böyiça örganişlar olib borilgan va dvigatel nosozligiga benzin sifati boğliq bölmasligi aniqlangan.
«Joriy yil 22 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan videolavhada «Malibu 2» rusumli avtomaşinaning motor dvigateli işdan çiqqanligi va golovka silindr qismi qora moy bölib ketganligi, bunga sabab qilib avtobenzin sifatsizligi körsatilgan.
Uşbu lavha böyiça mutaxassislar bilan olib borilgan suhbatlar davomida, avtobenzin motor qismiga kelib yoniş jarayoniga qadar bir neça filtrlardan ötişi sababli, uşbu nosozlik avtobenzin sifatiga boğliq bölmasligi ta'kidlandi», deyiladi munosabatda.
Ma'lum qilinişiça, vazirlik tomonidan iste'molçilarni yuqori sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlaş böyiça doimiy nazorat örnatilgan.
Xususan, 2021 yilning ötgan davrida 22 ming 668 tonna neft mahsulotlaridan namunalar olingan va sifat körsatkiçlari tahlil qilingan. Natijada şundan 745 tonna mahsulot sifatsiz deb topilgan.
Şu bilan birga, import asosida olib kelingan 44 ming 855 tonna neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya şaroitida sifat körsatkiçlari tahlil qilinganida, mahsulotlar sifatli deb topilib, tegişli xulosalar berilgan.
«Import asosida kirib kelayotgan mahsulotlar halqaro standartlarga muvofiq bölib, bundan taşqari davlat çegaralaridan olib kirişda akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalar xulosalari taqdim etilişi talab etiladi. Import avtobenzinlari sifati buziliş holatlari ba'zi nopok tadbirkorlar tomonidan respublika hududida amalga oşirilmoqda. Bu esa import mahsulot deyilmaydi», deya yozadi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, tekşiriş va örganişlar davomida sifatsiz avtobenzin yonilğisi aniqlangan hollarda hujjatlar tegişli çora köriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirib kelingan.
Avvalroq, «Özbekneftgaz» neft bazasi va ayrim xususiy AYoQŞlarda aholiga sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilğilarining sifatini örgangani, natijada sifatsiz benzin xorijda işlab çiqarilganini ma'lum qilgandi.









