Osiyo taraqqiyot bankining yangi hisobotida aytilişiça, Özbekistonda iqtisodiy ösiş bu yil va 2022 yilda koronavirus pandemiyasidan keyin tiklanişi kutilmoqda, ammo pandemiya xatari va noaniqlik xavfi saqlanib qolmoqda.
OTB özining «Osiyo taraqqiyoti istiqbollari» (Asian Development Outlook 2021) yillik iqtisodiy naşrida, 2021 yilda Özbekistonda yalpi içki mahsulot (YaIM) 4 foiz va 2022 yilda 5 foiz darajasida ösişini prognoz qildi.
«Pandemiya va u bilan boğliq çeklovlar 2020 yilda Özbekistonda iqtisodiy ösişni pasaytirgan bölsa-da, ösiş bu yil va kelgusi yilda tiklanişi kutilmoqda. Biroq, emlaş darajasi va kuçli çeklov çoralari mamlakat iqtisodiyotini tiklaş uçun muhim omil bölib qolmoqda», dedi OTBning Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Sindi Malviçini. «Özbekiston, şuningdek, özining moliyaviy xatarlarini baholaşni yaxşilaşi, ayniqsa, davlat taşkilotlari tomonidan kuçaytirişi va tiklanişni kuçaytiriş hamda barqaror, uzoq muddatli ösişni ta'minlaş uçun xususiy sektor kapitalini davlat-xususiy şeriklik uçun safarbar etişi kerak».
Hukumatning sanoat obektlarini modernizatsiya qiliş hamda ijtimoiy va şahar infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan sa'y-harakatlari tufayli investitsiyalar ösişning asosiy drayveri bölib qolişi kutilmoqda. 2021 va 2022 yillarda ösiş örtaça 9 foizni taşkil etadi. Xususiy iste'mol iş haqi oşişi va inflatsiyaning sekinlaşişi natijasida 7 foizga ösişi kutilmoqda.
Elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar barqaror bölişi kutilayotganligini inobatga olgan holda, inflatsiya 2021 yilda 10 foizgaça, 2022 yilda 9 foizgaça sekinlaşişi kutilmoqda. Inflatsiyaning pasayişi fonida Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasini 14 foiz darajasida uşlab turibdi. Pul-kredit organlari imtiyozli stavkalar böyiça kreditlarni kamaytirişi kutilmoqda, bu bozordagilarni barça kredit stavkalarini aniqlaşga imkon yaratadi.
Hisobotda, şuningdek, Özbekistonni olingan taşqi qarzlarning şaffofligini oşirişni davom ettirişga çaqirilgan. Davlat qarzlari darajasi va şartlari haqida ma'lumotlar e'lon qiliş hukumat qarzlarni boşqarişga ehtiyotkorlik bilan yondaşayotgani töğrisida aholi xabardorligini oşirişga yordam beradi, deyiladi hisobotda.












