Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaga Qirğizistonning Jalolobod viloyati Nooken tumanida yaşovçi 75 yoşli ona Çinixon Eraliyeva ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yölladi.

Çinixon ona öz murojaatida qizi Şoiraxon Egamovani 1990 yili Andijon viloyati Izboskan tumaniga uzatgani, qizi şu paytgaça uç farzandni kamolga yetkazib, nevara körgan bölsa-da, haligaça Özbekiston fuqarosi pasportini ololmayotgani haqida kuyunib yozgan.

«Şoiraxon qizim ön yildirki, «fuqaroligi bölmagan şaxs» (FBŞ) maqomida bölgani uçun Qirğizistonga – ona yurtiga öta olmaydi. Çunki, pasporti yöq. Yuragi xasta. Sizdan pasport muammosini hal qilib berişni iltimos qilamiz.

Men esa qizimni körişga zor bölib, Qirğizistonda yaşayapman. Yoşim 80ga borib qoldi. Qizim ham meni, aka-uka, opa-singillarini körişga intizor. Qani edi qizim ham ota yurtiga kelib, soğinçini yozib ketsa.

2017 yili qizim barça hujjatlarini töğrilab, Izboskan tumani markazi – Poytuğ şahridagi «pasport stoli» xodimlariga bergan. Hujjatlarni qabul qilgan xodimlar tegişli qoğozlarning barçasi töğri ekanini aytişgan, tegişli davlat tölovlari ham tölangan. Tört yildan beri pasportdan darak yöq.

Xodimlar har safar «keyingi oyda bölib qolar» degan javob berişmoqda. Ularni ayblamoqçi emasmiz, lekin boşqalarga berilayotgan pasport nega 4 yildan beri mening qizimga tegmayotganini tuşunmayapmiz. Qizim bilan biri-birimizni körişga zormiz. Faqat telefonda gaplaşyapmiz.

Oxirgi umid bilan yozgan murojaatimga bee'tibor bölmaysiz, deya umid qilaman», deya Senat raisiga murojaat qilgan Çinixon ona Eraliyeva.

Kun.uz muxbiri 30 yildan beri fuqaroligi yöq fuqaro maqomida yaşayotgan Şoiraxon Egamova bilan suhbatlaşiş uçun Izboskan tumaniga bordi.

«Neça yillardan beri qimtinib, öksinib yaşayman»

«Izboskanga 1990 yil avgust oyida kelin bölib tuşganman. Oldin sovet pasportiga ega edim, çegaradan bemalol ötib ota-onamni körib kelardim. Mustaqillikdan keyin bizga fuqaroligi bölmagan şaxs maqomi berildi. Uç farzand kördim, ZAGS qoğozim borligi uçun ularga metrika oldik.