Bu odatda 30 yoşdan keyin rivojlanadigan 1-toifa qandli diabetning sekin keçuvçi şaklidir. Kasallikning uzoq vaqt aniqlanmay qolişi notöğri davolaniş va asoratlarning erta rivojlanişiga olib kelişi mumkin.

Diabetning tört turi

Köpçilik diabetning faqat ikki turi bor deb öylaydi. Ammo uning tasnifi bundan kengroq. «Ortiqça vaznni kamaytiriş maktabi» loyihasi rahbari, Petrovskiy nomidagi Rossiya jarrohlik ilmiy markazi 2-sonli klinik-diagnostika markazi şifokor-endokrinologi Yuliya Atamanovaning sözlariga köra, diabetni törtta asosiy turga ajratiş mumkin.

1-toifa qandli diabet. Bu autoimmun kasallik bölib, immun tizimi oşqozonosti bezidagi insulin işlab çiqaradigan beta-hujayralarni parçalab taşlaydi. Natijada insulin işlab çiqarilişi keskin kamayadi va bemorga bir umr insulin inyeksiyalari kerak böladi. Kasallik odatda bolalik davrida boşlanadi.

2-toifa qandli diabet. U köpinça ortiqça vazn va kamharakat hayot tarzi bilan boğliq. Bunda insulinga rezistentlik - organizm hujayralarining insulinga sezgirligi pasayişi kuzatiladi. Bu diabetning eng köp tarqalgan şakli bölib, barça holatlarning taxminan 90–95 foizini taşkil etadi. Odatda katta yoşda (30 yoşdan keyin) rivojlanadi.

Gestatsion qandli diabet. Bu qondagi glyukoza almaşinuvining buzilişi bölib, birinçi marta homiladorlik davrida aniqlanadi. Bu yöldoş gormonlari taʼsirida organizmning insulinga sezgirligi pasayişi bilan boğliq. Köpinça tuğruqdan keyin bu holat ötib ketadi, biroq kelajakda onada 2-toifa diabet rivojlanişi xavfini oşiradi hamda bolaning salomatligiga ham taʼsir qilişi mumkin.

Umumiy guruhga kiradigan diabetning öziga xos şakllari. Bu guruhga LADA-diabet (Latent Autoimmune Diabetes of Adults - katta yoşlilardagi yaşirin autoimun diabet) ham kiradi. U kattalarda rivojlanadigan, sekin keçuvçi 1-toifa diabet hisoblanadi.

“Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 2019-yilda uni gibrid şakllar qatoriga kiruvçi alohida diabet turi deb eʼtirof etgan. Amerika diabet assotsiatsiyasi esa LADA-diabetni 1-toifa diabetning sekin rivojlanuvçi varianti sifatida köradi”, - deydi Pirogov universitetining Uzluksiz taʼlim va kasbiy rivojlaniş instituti endokrinologiya va diabetologiya kafedrasi dotsenti Galina Straxova.

“Uyqudagi”diabet