«Real» 3 yil ötib, «Çelsi» 9 yildan keyin çiqqan çöqqi

Çempionlar ligasi yarimfinali «Real» va «Çelsi» uçun sönggi yillarda yetib borilmayotgan bosqiç sifatida qolayotgandi. Madrid klubi 2018 yildan keyin ilk marta YeÇL yarimfinalida maydonga tuşsa, «Çelsi» 9 yil ötib joriy turnirning eng kuçli tört klubi orasiga qöşildi. Londonliklar ustozi Tomas Tuxel esa 9 yil emas, 9 oy avval «PSJ» bilan birga yarimfinal va finalda iştirok etgandi.

Kim qanday holatda?

«Real»

Sönggi natijalari: D-Ğ-D-D-Ğ-Ğ

Sönggi öyini: «Real» - «Betis» 0:0, 24 aprel

La Ligada: 2-örinda

 «Çelsi»

Sönggi natijalari: Ğ-D-Ğ-M-Ğ-Ğ

Sönggi öyini: «Vest Hem» - «Çelsi» 0:1, 24 aprel

APLda: 4-örinda

Öyin oldidan kim qanday fikrda?

Zinedin Zidan («Real» boş murabbiyi):

- Bu uçraşuv mavsumdagi eng qiyin öyin böladi. Çempionlar ligasi öziga xos musobaqa, ammo biz bu turnirda köp muhim öyinlarni ötkazdik. Yarimfinalda heç kimga oson bölmaydi. Biz ehtiyotkor bölişimiz kerak, himoyada ham yaxşi işlab, vaziyatlar yaratişga harakat qilamiz. «Çelsi»ni mağlub etiş uçun bor imkoniyatni işga solişga majburmiz.

«Çelsi» yarimfinalga qadar yetib keliş uçun katta hajmdagi işni bajardi. Bunday fikrni «Real» haqida ham aytişim mumkin. Mavsum yakunigaça bir oy vaqt qoldi. Şu bois bir yillik mehnatimiz haqi ham har qanday holatga qaramay, mavsumning eng muhim pallasida oxirigaça kuraşamiz.

Albatta, tarkib borasida muammolarimiz yetarli, ammo raqiblarimizda ham bu borada hammasi joyida deb bölmaydi. «Real» qolgan barça öyinda bor kuç va imkoniyatini sarflaydi.

Tomas Tuxel («Çelsi» boş murabbiyi):