Turkiyada 29 apreldan kuçga kiradigan töliq lokdaun xorijiy sayyohlarga taalluqli bölmaydi. Ular komendantlik soatiga amal qiliş talabini bajarişdan ozod qilinadilar.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatda koronavirus bilan boğliq oğir vaziyat sababli 29 apreldan 17 maygaça töliq lokdaun kiritilişini e'lon qilgandi.

Turkiya içki işlar vazirligining hujjatida mamlakatga turizm maqsadida qisqa muddatga kelgan xorijiy sayyohlar lokdaun vaqtidagi komendantlik soatiga rioya qiliş majburiyatidan ozod qilinişlari körsatilgan. Şu bilan birga, Turkiyada yaşaş huquqiga ega bölgan xorijliklar yoki vaqtinça xalqaro himoya ostida bölganlar komendantlik soatiga amal qilişlari kerak böladi.

Şu tariqa, sayyohlar köçaga çiqişlari, jamoat transportidan foydalanişlari va özlari turgan mehmonxonadan istalgan uzoqlikdagi dökonlarga taşrif buyurişlari mumkin böladi.

Mamlakatda töliq lokdaun kiritilmagunça ham karantin çeklovlari xorijiy sayyohlarga nisbatan amal qilmagandi. Ular transportda erkin harakatlanişgan va muzeylarga bora olişgan.

Biroq mahalliy OAVda ta'kidlanişiça, mamlakatning ba'zi sayyohlik hududlarida mahalliy aholi va yaşaş huquqiga ega bölgan xorijliklar tomonidan uşbu qoidalarni suiiste'mol qiliş holatlari qayd qilinmoqda.

Cumhuriyet naşrining yozişiça, politsiya komendantlik soati amal qiliş vaqtida köçada yurganlarni tekşiriş uçun köproq patrulni jalb qilişiga töğri kelmoqda.

Politsiya ma'lumotlariga köra, ötgan dam oliş kunlari komendantlik soatini buzganlik uçun yaşaş huquqiga ega bölgan önlab xorijliklar va özini sayyoh qilib körsatmoqçi bölgan bir neça mahalliy fuqaro jarimaga tortilgan.