Jinoyat işlari böyiça Muzrabod tuman sudida bloger Otabek Sattoriyning navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Unda Otabek Sattoriyning advokati Xursanoy Kuçayeva işni noxolis körilayotgani, Jinoyat-protsessual kodeksi talablari qöpol ravişda buzilayotgani uçun sudyani rad etiş, jinoyat işini Jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyat sudiga yuboriş böyiça sudga iltimosnoma kiritdi.
Jabrlanuvçining advokati sudni noxolislikda aybladi, deb hisoblab Xursanoy Kuçayevani jazolaşni körib çiqiş uçun Sudyalar oliy kengaşiga hujjat yöllaş lozimligini bildirdi.
Işda iştirok etuvçi prokuror Otabek Sattoriyning advokatiga sud, tergov va prokuraturadan asossiz norozi bölayotganini bildirdi. Prokuror sud şaffof ötkazilayotgani, jurnalist va blogerlarning sudda iştirok etişiga imkoniyat yaratilganini, Otabek Sattoriyni aybsizligini isbotlovçi dalillari bölsa sudga taqdim etişini aytib advokatlarning sözlari notöğri talqin etilişi mumkinligini bildirdi.
Sud Otabek Sattoriyning advokatni iltimosnomasini maslahat uyida körib çiqib, rad qiliş böyiça ajrim çiqardi.
Sud jarayonida yozma dalillar namoyiş etildi. Yozma dalillar muhokama qilindi. Prokuror yozma dalillarni jinoyat işiga qöşiş lozimligini bildirdi.
Sattoriyning advokati uşbu dalillarning birortasi ayblovga aloqasi yöqligi uçun ayblovga qöşmaslikni söradi. Jabrlanuvçining advokatlari dalillarni ayblov xulosasiga qöşişni söradi. Sud yozma dalillarni jinoyat işiga qöşib baholanişi böyiça ajrim çiqardi.
Sud raisi sud tergovini tamomlaş böyiça taraflardan iş böyiça qöşimça fikr söradi.
Sud 4 may kuniga qadar tanaffus e'lon qildi.







