Isroilda Meron toği yaqinida Lag ba-Omer deb nomlangan diniy bayram nişonlanişi vaqtida voqea joyidagi tribunalardan biri qulaşidan keyin yuz bergan tiqilinçda kamida 44 kişi halok böldi, 100dan köproq odam jarohat oldi.
The Jerusalem Post naşrining xabar berişiça, jarohatlanganlardan 20dan köproğining ahvoli oğir.
Bu orada politsiyadagi manbalarning xabar berişiça, tiqilinç bir neça kişi zinalardan tuşayotganda qoqilib ketişi oqibatida yuzaga kelgan.
Voqea yuz bergandan keyin Isroil politsiyasi hududdagi harakatni töxtatib, odamlarni evakuatsiya qilişni boşlagan. Isroil armiyasi yordam körsatiş maqsadida voqea joyiga qutqaruv brigadasi askarlari va vertolyotlarni yuborgan.
Ta'kidlanişiça, bayramda 100 mingga yaqin odam iştirok etgan va bu pandemiya boşidan beri Isroilda ötkazilgan eng yirik tadbir bölgan. Mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu yuz bergan voqeani «dahşatli falokat» deb atagan.
Ma'lumotlarga köra, Lag ba-Omer bayrami yahudiy oy taqvimi böyiça iyar oyining 18-sanasida nişonlanadi. Joriy yilda uşbu bayram 29 apreldan 30 aprelga ötar keçasiga töğri kelgan. Bayram I asr oxiri — II asr boşlarida yaşagan yahudiy ilohiyotçisi Akivaning minglab öquvçilari ölimiga sabab bölgan epidemiya töxtaganini yod oliş maqsadida nişonlanadi. Uşbu kun quyoş botgandan keyin gulxanlar yoqilib, qöşiqlar kuylab, raqsga tuşiladi.












