Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Azizxon Maksumov Nodirjon o‘g‘li tayinlandi.
A.Maksumov 1992 yilda Andijon shahrida tavallud topgan. 2013 yilda Osiyo Tinch Okeani texnologiya va innovatsiya universiteti (Malayziya), 2017 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yil O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raqobat muhitini rivojlantirish va nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik boshqarmasi birinchi toifali mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
Tayinlovga qadar A.Maksumov Andijon viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq, Ulug‘nor tumaniga prokuror hokim bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
20:41 / 06.07.2026
SSV: Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
10:45 / 06.07.2026
Andijonda soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026