Yevropa futboli. Ikki çempionatda çempionlar bugun aniq bölişi mumkin, Ispaniyada intriga saqlanib qolmoqda
|18:34 / 02.05.202119 23914 min
Yevropa futbolida şanba kuni bölib ötgan eng asosiy voqealar.
Ispaniya: Zidan Simeoneni oldinga qöyib yubormayapti
«Elçe» — «Atletiko» — 0:1 (Lorente, 23)
Payşanba kuni «Barselona» «Granada»ga sensatsion ravişda mağlub bölgani (1:2) va buning natijasida kataloniyaliklar turnir jadvalida yaqqol peşqadamga aylanib oliş imkoniyatini boy bergani jamoaning raqobatçilariga ilhom berdi. Nihoyatda asabiy keçgan öyin yakunida «Atletiko» baribir uç oçkoga ega böldi, bu öyinda jarohatdan keyin formasini endi tiklayotgan Luis Suaresning heç omadi kelmadi. Urugvaylik hujumçi birinçi bölimda het-trik muallifi bölişi ham mumkin edi, ammo u darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borib, yaqin masofadan turib töpni darvozaga joylay olmadi, keyin VAR orqali ofsayd qayd etilib, uning goli bekor qilindi va yana bir vaziyatda arbitr videotakrorni körgaç, «Elçe» darvozasiga belgilangan penaltini bekor qildi.
Lekin bu orada Lorente rikoşet orqali gol urib, «matrasçilar»ning bu mavsumdagi eng samarali futbolçisiga aylandi - 12 gol va 10 golli uzatma. Bunday ösiş uşbu yarimhimoyaçi pozitsiyasini özgartirgani bilan izohlanadi, şanba oqşomida La Ligada 360-öyinini ötkazib, argentinalik murabbiylar uçun rekord qayd etgan Diyego Simeone uni ajoyib topilmaga aylantirdi. Madridliklar darvozaboni Oblakning xizmatlarini ham e'tirof etiş kerak, u Ispaniya birinçiligida ötkazgan öyinlari sonini 225taga yetkazdi. «Atletiko» legionerlari orasida bu uçinçi körsatkiç - faqat Godin (277) va Filipe Luis (240) oldinda.
Bundan taşqari, sloveniyalik darvozabon — penaltiçilar uçun qörqinçli tuş bölişda davom etmoqda. Bu mavsumda uning darvozasiga tört bor penalti qöyilib, unga faqat «Eybar» darvozaboni Dmitroviç gol ura olgan, «Elçe»ga qarşi öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Oblakning bu boradagi reputatsiyasi Fidelni hayajonlantirdi. Şu vaqtgaça öyin qahramoni bölib turgan Lorentening qöliga töp tekkaç, «nuqta»ga yaqinlaşgan Çaves Fidel ustunni nişonga oldi - töp slovakiyalik darvozabonning barmoqlariga tegib yönalişini özgartirgandi. Darvozabon madridliklar uçun muhim ğalabani saqlab qoldi.
«Stemford Brij»ga safar oldidan Zinedin Zidan Kroos va Modriçni zaxirada qoldirdi. Ular yöqligida maydonda Azar ilk daqiqalardanoq yorqin öyin körsatdi. U özi ham gol urişga yaqin keldi, şeriklarini ham bir neça bor qulay vaziyatlarga çiqardi. Ammo birinçi bölimda berilgan 13 zarba (bu madridliklar uçun bu mavsumdagi rekord körsatkiç) mezbonlarga natija keltirmadi.
Mavzuga oid
Öyinning yakuniy qismi boşlanganida, «Real» çempionlik poygasidan çiqib ketişi oydinlaşib qolganida, madridliklarni kutilmagan qahramon qutqarib qoldi. La Ligadagi birinçi goligaça ham Eder Militao «Osasuna» darvozasi qamalidagi faol futbolçilardan biri bölib turgandi. U burçakdan uzatilgan töpni boşi bilan darvozaga yöllab hisobni oçdi. Bir neça daqiqa ötib uyuştirilgan hujumda Benzema töpni oldinga taşlab berganidan keyin töp Kazemironing oyoğiga teggaç, öyin taqdiri hal böldi - braziliyalik yarimhimoyaçi bu vaziyatda töpga zarba bermagan, faqat uni öziga önglab olişga uringandi. Ammo bu harakat raqib darvozabonini çalğitdi va töp darvoza töriga yumalab kirib ketdi. Bu omadli gol Kazemiro uçun mavsumni faoliyatidagi eng samarali mavsumga aylantirdi (6 gol). Qolaversa, bu uning Ispaniya çempionatidagi yubiley — 200-öyyini böldi. Endi, «Barselona» yakşanba kuni «Valensiya»ga qarşi öyinda qanday natija qayd etişidan qat'i nazar, «Qirollik klubi» ikkinçi örinni özida saqlab qoladi.
Angliya: Gvardiola davridagi 700-gol, Tuxel Lemparddan özib ketişga ulgurdi
Xosep Gvardiolaning jamoasi Çempionlar ligasida ilk bor finalga çiqqaç, endi içki çempionatda ham barçasini hal qilib qöyişga yaqin keldi. «Şaharliklar» odatdagi kabi töpga egalik qilişda ustunlik qilişdi, ammo barçasi avtomatik amalga oşdi. Ikkinçi bölim boşida esa Aguero raqib darvozasini kuçli zarbasi bilan öqqa tutdi, bu argentinalik futbolçi uçun Yevropa ligalarida urilgan 255-golga aylandi. Bu tarixdagi 15-natija, endi Kun barça davrlar böyiça reytingda Yevropa-1984 çempioni Bernar Lyakombo va Angliya terma jamoasining ötgan asrning 50-yillaridagi töpurari Net Lofthaus bilan bir örinda joylaşdi.
«Siti» yakşanba kuniyoq çempion bölişi mumkin, agar «MYu» turning asosiy bahsida «Liverpul»ga mağlub bölsa. Ammo şunda ham «şaharliklar» uçun APLda yana bir intriga qoladi. Şanba kuni ular qatorasiga 11-safar öyinida ğolib bölişdi va jamoa 2017 yilgi öz rekordi va «Çelsi»ning 2008 yilgi rekordini takrorladi. Tarixdagi mutlaq eng yaxşi seriya muallifi böliş uçun jamoa 14 may kuni Nyukasldagi öyinda ham uç oçko olişi kerak böladi. Hozirça esa «Siti» Gvardiola davridagi gollari sonini 700taga yetkazib qöydi. Bu gollar uçun 288 öyin ötkaziş yetarli bölgan!
«Çelsi» — «Fulhem» — 2:0 (Havers, 10, 49)
Köklar «Real»ga qarşi javob öyinidan oldin asosiy tarkibning yarmiga dam berib ham Çempionlar ligasi yöllanmasidagi muhim öyinda ğalaba qozondi. Şu bilan birga, autsayderga qarşi öyinda darvozani «quruq» saqlaşi uçun Mendi bir neça seyv amalga oşirişiga töğri keldi. Qolaversa, Mauntning yuqori saviyali öyini va Haversning aniq öynaşi ğalabani ta'minladi. Jamoaning hozirgi natijasi — Tomas Tuxelning xizmatlari. Germaniyalik mutaxassis kelganidan buyon «Çelsi» çempionatdagi 15 öyinda 32 oçko jamğardi. Bu esa 19-turdan keyin işdan böşatilgan Frenk Lempardning natijasidan yaxşiroq.
Italiya: «Inter»ning çempionligini faqat «Atalanta» keçiktirişi mumkin
Sönggi yetti turda Italiya çempionati yetakçisi futbolçilari ön marta darvoza ustuni yoki tösinini nişonga olgan. Milanliklarning ungaça bölgan davrda bu borada qayd etgan körsatkiçi 10taga teng bölgandi. «Krotone»ga qarşi öyinning birinçi bölimida ham töp ikki marta ustunga tegdi, nolli durang saqlab qolinsa, mezbonlar ligada qoliş uçun imkoniyat saqlab qolgan bölardi. Ammo ikkinçi bölimda Antonio Konte tuşirgan futbolçilar oradagi saviyani körsatib qöyişdi va bu jamoa quyi divizion uçun yöllanmani rasmiylaştirdi.
Öyinni zaxira örindiğida boşlagan Eriksenning uzoqdan bergan zarbasi hal qiluvçi böldi, birinçi bölimda gol ura olmagan Lukaku esa unga assistentlik qildi. Endi belgiyalik futbolçida 21 goldan taşqari 10ta golli uzatma ham bor. Ötgan mavsumdagi natijasini takrorlab, oçkolari sonini 82taga yetkazgan «Inter»ga endi «Yuventus» yetib ololmaydi, «Keksa sinora»ning 9 yillik gegemonlik davriga rasman barham berildi. Matematik jihatdan faqat «Atalanta»da Konte jamoasiga yetib oliş imkoni bor, ammo bu jamoa yakşanba kuni «Sassuolo»ni yenga olmasa, milanliklar klubi «divanda ötirib» çempionga aylanişi mumkin. Boşqa tomondan «Inter» futbolçilari sönggi öyindagi ğalabadan keyinoq özlarini çempion deb hisoblay boşlaşdi. Agar bugun «Atalanta» öz öyinida ğalaba qozonsa ham, «Inter» sönggi tört turda bir oçko jamğarişi çempionlik uçun kifoya böladi.
«Inter» yeshchyo ne stal chempionom, no ujye vo vsyu gulyayet 😃
Yesli segodnya «Atalanta» ne vozmyot 3 ochka, «interisty» ofitsialno primeryat na sebya zvaniye pobeditelya Serii A pic.twitter.com/fESTwOS28L
Milanning ikkinçi jamoasi esa allaqaçon çempionlik poygasini tark etgan, sönggi öyinlardagi ikki mağlubiyat esa jamoani YeÇLga yöllanma beradigan kvartetdan ham çiqarib yuborgandi. Ammo xavfli hududda turgan «Benevento» ustidan qozonilgan ğalaba jamoaga yana törtlikka qaytiş imkonini berdi. Bu öyinda Çolxonöğli tezkor gol urib, kuçli beşlik çempionatlaridagi gollari sonini 50taga yetkazib oldi. Öyin davomida raqiblar bir neça bor «Milan» darvozasiga xavf solişdi, ikkinçi bölim boşida Ernandez Ibrahimoviçning zarbasini darvozaga töğrilab qöygaç esa öyin taqdiri hal böldi. Qizil-qoralar 2013 yildan keyingi eng köp oçkosini jamğarib turişibdi - 69 oçko va beşinçi örindan ikkinçi öringa yuqorilaş. Stefano Pioli «Atalanta», «Yuventus» va «Napoli» bunga qanday reaksiya berişini kutadi.
«Monako»ning çempionlik tituli uçun raqiblari monegaskliklarga oradagi farqni oşirişga yöl berişmayapti. Mbappesiz öynagan «PSJ» «Lans»ga qarşi öyinda jiddiy qarşilikka duç keldi (mavsum debyutanti bölgan jamoa hozirda beşinçi örinda bormoqda). Ammo mehmonlarning ilk xatosiyoq Neymarning goli bilan yakunlandi. U öyin yakunida 2020 yil yakunlari böyiça Yevropadagi eng yaxşi braziliyalik futbolçilar uçun atalgan «Oltin samba» sovrinini qabul qilib oldi.
U burçak zarbasidan uzatma berib, Markinosga ikkinçi golni urişda yordam berdi. Neymar «PSJ» safidagi barça turnirlar doirasidagi öyinlarda urilgan gollarning 130tasida iştirok etgan. Uning özi parijliklarning jami 111 öyinida 85 gol urgan va 45 golga assistentlik qilgan. Braziliyalik — Liga 1ning eng samarali futbolçisi, Fransiya çempionlari Maurisio Pokettino kelganidan buyon ilk marta qatorasiga tört öyinda ğalaba qilib, birinçi öringa çiqişdi.
Ammo bu yetakçilik tört soat davom etdi, kun oxirida «Lill» Burak Yilmazning sa'y-harakatlari evaziga «Nitssa»ni mağlab etdi. Ötgan turda 35 yoşli turk Liondagi öyinni özgartirgandi. Bu öyinda esa u hisobni oçdi, uning terma jamoa böyiça ham safdoşi bölgan Zeki Çelik ikkinçi bölim boşida intrigani öldirdi. «Nitssa» bu vaqtga kelib kamçilik bölib qolgandi va hisob yiriklaşib ketmasligi uçun öynadi.
Germaniya Kubogida «Leypsig» ortidan Dortmundning «Borussiya» klubi ikkinçi finalçiga aylandi. Bir haftadan keyin bu jamoalar bundesligada repititsiya qilişadi, bu öyin Dortmund uçun Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun muhim jangga aylanadi. Şanba kuni ham «asalarilar» yuqori divizionga çiqiş uçun harakat qilayotgan jamoani yançib taşladi, bu jamoa kubok «Bavariya»ni yengib, sensatsiya qilgandi.
Şanba kuni esa «Xolştayn Kil» jarohat tufayli öyinda Holand iştirok eta olmagan bölsa-da, raqibdan beşta gol ötkazdi. Dortmundliklarning dastlabki tört goli beş zarbadan keyin urildi va 32-daqiqaga kelib hisob 4:0 körinişiga keldi. Bölim oxirida Bellingem öyinga yakuniy nuqtani qöydi - nemislar klubi Germaniya Kubogi yarim finalida şu vaqtgaça beşta gol urişmagandi.
Kun statistikasi
Turkiya çempionati tarixida birinçi bölimda ilk bor 5 gol urgan jamoa «Beşiktoş» böldi.
«Verona» futbolçilari bu mavsumda 19 bor raqib darvozalari tösinlari yoki ustunlarini nişonga olgan. Bu 2005 yildan buyon A Seriya jamoalari uçun eng omadsiz natija.
«Atletiko» yarim himoyaçisi Koke La Ligadagi öyinlari sonini 350taga yetkazdi. Klub tarixida undan köproq öyin ötkazgan futbolçilar Abelardo (410) va Renones (367) bölib turibdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi