New York Times Rossiya vaksina diplomatiyasining oqibatlari haqida yozdi va mart oyida Slovakiya hukumatidagi inqirozni misol tariqasida keltirdi. Öşanda rasmiy Moskva Slovakiyaga 200 ming dozada «Sputnik V» vaksinasini yetkazib bergandi.
«Öşa paytlar Slovakiyada koronavirusdan ölim körsatkiçi dunyoda eng yuqorilaridan biri edi va Rossiya vaksinasi köpçilik uçun umid çiroği bölib köringandi. Lekin pandemiya oqibatlari bilan kuraşiş va Yevroittifoq qoidalariga amal qiliş orasida huşini yöqotgan hukumat ança uzoq muddatli inqirozga kirib qoldi.
Putin ötgan yil yozida aytgani kabi bu vaksina tibbiyotda haqiqiy yutuqmi yöqmi aniqmas, lekin u favqulodda samarali bölib çiqdi», deb yozadi NYT.
Rossiya vaksinasiga işonçsizlik Şarqiy Yevropa davlatlari siyosatçilarining ongiga mahkam örnaşib olgan. Xususan, Litva boş vaziri fevralda Rossiya vaksinasini «bölib taşlaş va hukmronlik qiliş quroli» deb atagan bölsa, Polşa (ehtimoliy xavflarga qaramay) Xitoy vaksinasini sotib olişini e'lon qildi va heç qaçon Rossiya vaksinasini olmasligini ma'lum qildi.
Fransiyada esa prezident Makron Putin bilan «Sputnik V» vaksinasini yetkazib beriş imkoniyatlarini muhokama qilgan bölsa, Fransiya taşqi işlar vaziri «Sputnik V»ni taşviqot quroli deb atadi.
Avstriya kansleri Kurs Yevropa regulyatori «Sputnik V»ni sertifikatlaşga şoşilmayotganidan jahli çiqqan va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan faqat Ğarbda işlab çiqarilgan vaksinalarni qöllaşni nazarda tutuvçi vaksinatsiya dasturi borasida ğijillaşib olgan.
Slovakiya esa zaharli vaksina diplomatiyasining nojöya ta'siriga eng yorqin misol böladi oladi.
Boş vazir Igor Matiçning «Sputnik V»ni sotib oliş qarori Şarqiy Yevropadagi Ğarbga eng moyil mamlakatni inqiroz yoqasiga olib kelib qöydi, boş vazirning özi esa iste'foga çiqişga majbur böldi. Vazirlar Matoviçni ularning orqasidan iş körişda ayblaşdi. «Matoviç Rossiyaning gibrid uruş quroliga taslim böldi va Slovakiyaning Yevroittifoq bilan hamkorligini şubha ostiga qöydi», degan Slovakiya taşqi işlar vaziri.
Vaksina sifati qanaqa? NYT Slovakiya biotibbiyot tadqiqot markazi rahbari Silviya Pastorekovaning fikrlarini keltirgan. Markaz «Sputnik V»ni köp marta sinab körgan. Pastorekovaning sözlariga köra, Rossiya vaksinasi barça zaruriy sinovlardan ötgan, lekin davlat regulyatori uni tasdiqlamagan, çunki Yevroittifoqda taqdim qilinişi kerak bölgan hujjatlar yoki töliq bölmagan yo uçdan ikki qismi yo taqdim qilinmagan.











