Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda uyida ijarada turgan ayolning 3 yoshli qiziga qaynoq suv quygan erkakka sud hukmi o‘qildi
Andijon viloyati Buloqboshi tumanida ijarada turgan ayolning farzandiga qaynab turgan suvni to‘kib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.
Bu haqda «Zamon» dasturida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, 11 yanvar kuni soat 02:00da Z.B. uyida spirtli ichimlik iste'mol qilib, xonadonida ijarada yashab kelayotgan G. ismli ayolga ishqiy munosabatlarni taklif qilgan. Ayol ushbu taklifni rad etgani uchun pechka ustida qaynab turgan suvni olib, uning yonida yotgan 3 yoshli D.ning ustiga quyib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Qizaloq og‘ir kuyish jarohatidan vafot etgan.
Ma'lum qilinishicha, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mavzuga oid
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
09:15 / 10.06.2026
Terrorizmni moliyalashtirgan 8 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi
15:32 / 09.06.2026
Andijonda 4 nafar egizak dunyoga keldi
11:39 / 08.06.2026