Bugun, 6 iyul kuni Andijon şahrida joylaşgan 2-sonli tuğuruq majmuasida 5 nafar egizak dunyoga keldi.

SSV matbuot xizmatiga köra, Andijon şahridagi Qayrağoçtoş mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Nargiza Bekjonova şu kuni köp homilalik taşxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilindi.

Unda muddatidan ilgari tuğuruq taşxisi bilan kesarça kesiş amaliyoti bajarildi.

Tuğuruq jarayoni malakali akuşer-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli ötkazilgan.

– birinçi çaqaloq: qiz, vazni 1450 gr,
– ikkinçi çaqaloq: öğil, vazni 1605 gr,
– uçinçi çaqaloq: qiz, vazni 1495 gr,
– törtinçi çaqaloq: öğil, vazni 1585 gr,
– beşinçi çaqaloq: qiz, vazni 1205 gr.

Ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmat körsatiş maqsadida ona va çaqaloqlar Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga ötkazildi.

«Ayni paytda 5 nafar egizak va ularning onasi malakali tibbiyot xodimlari nazoratida özlarini yaxşi his etmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Iyun oyida ham Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida 4 nafar egizak dunyoga kelgandi.