Soğliqni saqlaş vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 noyabrga qadar bepul tibbiy yordam oliş huquqini beruvçi order beriş tizimini axborot texnologiyalarini qöllagan holda joriy etadi. Bunda:
- ehtiyojmand oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq aniqlaş;
- imtiyozli toifadagi şaxslar uçun Davlat budjeti mablağlari hisobidan davolanadigan kasalliklar röyxati, tibbiy xizmatlar hajmi va tibbiyot muassasasining darajalarini Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda belgilaş;
- imtiyozli toifadagi şaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi, turi va kasalliklar röyxatidan taşqari körsatiladigan tibbiy va boşqa yordamlar qöşimça hisoblanişi hamda ular tomonidan belgilangan tartibda haq tölanişi nazarda tutiladi.
Moliya vazirligi respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanişga orderlar beriş uçun Özbekiston prezidenti topşiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş tadbirlari uçun budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablağlar hisobidan 2021 yilda Soğliqni saqlaş vazirligiga qöşimça 80 milliard söm mablağ ajratadi.








