5 may kuni AOKAda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda iştirok etgan Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği örinbosari Odil Qöysinov Finlandiyaning majburiy ta'lim dasturi özbek tiliga tarjima qilingani haqida xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, «Özbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimida öquv dasturlari uzviyligini ta'minlaş bosqiçlari sxemasi» işlab çiqildi. Mazkur sxema asosida Finlandiyaning majburiy ta'lim dasturi özbek tiliga tarjima qilinib, ayni paytda örganib çiqilmoqda. Finlandiya tajribasi asosida fanlar kesimida barça ta'lim turlarida ötiladigan mavzular böyiça tahliliy qiyosiy jadvallar, maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalari uçun uzviyligi ta'minlangan öquv dasturlarini tayyorlaş yölga qöyiladi.

Samarqand davlat universiteti va Finlandiyaning Turku universiteti örtasida imzolangan memorandumga köra, SamDU qoşida Özbek-fin pedagogika instituti oçilişi rejalaştirilgan. Özbek maktablariga 30 nafar fin öqituvçilar jalb etiladi», dedi inspeksiya vakili.

Bugungi kunda ekspertlarning örganişlari asosida tayyorlangan öquv dasturlari konsepsiyasi hamkor vazirliklar metodist va mas'ullar tomonidan tahrirlanib, umumiy majmua holatiga keltirilgan. Navbatdagi bosqiçda mazkur majmua nufuzli mutaxassis olimlar tomonidan taqrizlanadi, xorijiy mutaxassislar fikrlari olinadi va vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi.

Jarayon yakunida öquv dasturlari ta'lim jarayoniga bosqiçma-bosqiç tatbiq etiladi. «Uzluksiz ta'lim dasturlari» majmuasida 22ta fan kesimida uzluksiz ta'lim tizimida uzviylikni ta'minlaş konsepsiyasi, maktabgaça ta'lim tizimida 6-7 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaşga möljallangan «Ilk qadam» va «Ilm yöli» variativ dasturlari, umumiy örta ta'lim maktablari uçun «Milliy öquv dasturlari», akademik litseylar va Kasb-hunar maktablari uçun öquv dasturlar, oliy ta'lim muassasalari uçun öquv dasturlari şakllantiriladi.