2019 yil oktabr oyi holatiga köra Özbekistonda 137ta tabiiy monopoliya sub'yekti mavjud. Bundan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ma'lumotlari darak beryapti.
2018 yil bilan taqqoslaganda, mamlakatdagi tabiiy monopoliya sub'yektlari soni uçtaga kamaydi. Ötgan yil yakunlari böyiça Özbekistonda 140ta tabiiy monopoliya sub'yekti bor edi.








Tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestri tabiiy monopoliya sub'yektlari töğrisidagi ma'lumotlarni qoğoz va elektron şakllarda saqlovçi birlaşgan axborot bazasi hisoblanadi.
Tabiiy monopoliya şaroitida tovarlar işlab çiqariş (realizatsiya qiliş) asosiy faoliyat turi hisoblanmagan xöjalik yurituvçi sub'yektlar, quyidagi alohida şartlar asosida Reyestrga kiritiladi:
tabiiy monopoliya tovarlarining pirovard iste'molçisi aholi va/yoki budjet taşkilotlari hisoblanganda;
iste'molçilarga yetkazib berilayotgan tabiiy monopoliya tovarlari hajmi şu tovarlarning işlab çiqariş hajmiga nisbatan 10 foizdan oşganda;
subabonentlarga realizatsiya qilinayotgan tabiiy monopoliya tovari hajmlari sotib olingan tovar hajmining 10 foizidan kam bölmagan holatda.
Tabiiy monopoliya şaroitida tovarlar işlab çiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xöjalik yurituvçi sub'yektlar tovarlarni faqat öz ehtiyojlari yoki fors-major holati hosil bölgan vaziyatlarda, texnologik kamçiliklarni bartaraf etiş uçun, tabiiy va texnogen xarakterga ega bölgan avariya yoki favqulodda holatlarda hamda uşbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oraliği uç oygaça) realizatsiya qilgan taqdirda, Reyestrga kiritilmaydi.












