Samarqand şahri markazidan oqib ötuvçi anhorda kök rangli suv oqmoqda. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi mazkur holat yuzasidan suriştiruv olib bormoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand şahri böylab olib borilayotgan kuzatuv nazorati davomida şahar markazidan oqib ötuvçi Çaşma va Siyobça kollektorlarining birlaşiş qismidan noma'lum sabablarga köra töq kök (binafşa) rangdagi tarkibida ifloslantiruvçi moddalar me'yoridan ortiqça bölgan oqova suvlar oqayotgani aniqlangan.

Boşqarma tomonidan taşkil etilgan tezkor guruh tomonidan olib borilgan suriştiruvlarda «Samarqand viloyat suv ta'minoti» MÇJga qaraşli, Kurçatova köçasida joylaşgan SP-3 oqova suv kötarib beriş stansiyasi işlamayotgani aniqlangan.

Boşqarmaning rasmiy munosabatida aytilişiça, hozirda tarkibida ifloslantiruvçi moddalar me'yoridan ortiqça bölgan oqova suvni kollektorga kim oqizayotganini aniqlaş maqsadida qöşimça suriştiruvlar olib borilmoqda. Suriştiruv natijasi e'lon qilinadi.