“Sinovlar natijalari aviabombaning jangovar samaradorligini tasdiqladi. Uşbu bombani 2021 yil uçun davlat mudofaa buyurtmasiga muvofiq sotib oliş rejalaştirilgan”, deb ma'lum qilgan Rossiya boş vaziri örinbosari Yuriy Borisov.
Avvalroq Borisov yangi qurol bilan tezkor-taktik aviatsiya samolyotlari, jumladan, 5-avloddagi Su-57 qiruvçilari ta'minlanişini ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga köra, “Drel” özi uçuvçi aviabomba bölib, “Bazalt” birlaşmasi tomonidan işlab çiqilgan. Bomba zirhli texnika, yerdagi radiolokatsion stansiyalar, energetik qurilmalarni boşqariş punktlari va zenit-raketa majmualarini yöq qilişga möljallangan. Bombaning uçiş masofasi 30 kmdan köproqni taşkil qiladi. Buning evaziga uni duşmanning havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari ta'siri doirasiga kirmasdan qöllaş mumkin. Bomba navigatsiya uçun GLONASS tizimidan foydalanadi. U 15ta özi nişonga oluvçi jangovar element bilan jihozlangan. Belgilangan trayektoriyaning oxirida uşbu elementlar taşuvçidan ajralib, nişonga olingan obektlar ustiga paraşyutlarda tuşadi.
Bombaning yana bir ustunligi uning radioelektron kuraş vositalari va radarlar uçun “körinmasligi” hisoblanadi. Buning evaziga bombani işdan çiqariş yoki urib tuşiriş öta murakkab hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriça, bombaning boş ustunligi – arzonligidir. “500 ming dollarlik raketani terrorçilar jipiga qarşi qöllaş ma'nosizdir. Bundan taşqari, bombaning arzonligi uni ommaviy qöllaş imkonini beradi”, deb ta'kidlab ötişgan mutaxassislar.








